26.Biron so`zning ma’nosiga zid so`zni qo`llash
Ba’zida siz gap tuzayotib, bir so`zning teskari ma’nosini beruvchi
aksini topolmay qiynalasizmi? Unday bo`lsa, quyida keltirilgan zid
ma’noli so`zlar bilan yaxshilab tanishib oling.
Vaqtincha – doimiy,rohat – azob, bezovta – xotirjam, mayin –
dag`al, kechki – ertapishar ,haqiqat – afsona ,ixcham – qo`pol ,
kelajak – o`tmish, g`olib – mag`lub, suyunmoq – kuyunmoq, odil –
zolim, olqish – qarg`ish, ruxsat bermoq – taqiqlamoq, saxiy – baxil,
sadoqat – xiyonat, siyrak – zich, xushbo`y – badbo`y, g`irrom –
halol, foyda – ziyon, shodlik – g`am.
1-mashq.Yuqoridagi zid ma’noli so`zlarni qatnashtirib gaplar
tuzing.
Namuna: bezovta – xotirjam
Umidning hali kelmaganini eshitgan oyisi bezovta bo`la boshladi.
Test sinovida 80 ball to`plagan Farangiz xotirjam o`tirar edi.
2-mashq.Rasmga diqqat bilan nazar solib, undagi biror narsaning
zid ma’noli aksini aytib bering.
|