28.Bir so`zning ma’nodosh sherigini qo`llash
1-mashq.Berilgan gaplarni o`qing.O`zingiz istagan so`zning
o`rniga unga ma’nodosh boshqa so`zni qo`ying.
Namuna: Tun yarmida qutb yulduzi aniq ko`rinadi.
Yarim kechasi
qutb yulduzi
yaqqol
ko`rinadi.
Bu musobaqada bizlar zafar quchdik.
Murodning onasi bir oydan beri betob ekan.
Yog`ayotgan iliq yomg`ir bahordan xabar bermoqda.
Qo`ying-e, dadam bunaqa narsalarni xushlamaydi.
Bugungi kunimiz ham unumli va serfayz o`tsin.
Buloq boshida bir nechta amakilar gurunglashib o`tirishardi.
2-mashq.Qisqa gaplarni kengaytiring.
Namuna: Bo`ldi.
Hammasi bo`ldi, hasharimiz yakuniga yetdi.
Ketdik.
Rostmi?
Gapirmang.
Xayriyat-e!
Tan olaman.
Shu joy.
Hormang.
Qoyil.
Yo`q.
Shoshilma.
Va’dami?
Yashavor!
Bulbul-ku!
Xuddi o`zi.
|