34.Umumiy takrorlash
1-mashq.Faqat bir xil harf bilan boshlanadigan so`zlardan gap tuza
olasizmi?
Namuna:
Ikromjon itining ipini ichkaridan izlayapti.
Siz ham shunday gaplar tuzing.
O… o… o…. o…
S… s… s… s… s….
T…. t… t…
A… a… a… a…
2-mashq.Berilgan savollarga to`liqroq javob yozing.
1.O`zbekistonning qaysi mashhur shaharlarini bilasiz?
2.Kim sizga ko`proq mehribon?
3.Mirjalol Qosimov qaysi sport turidan dong taratgan?
4.O`zingizga qaysi odatingiz yoqmaydi?
5.Sinfingizdagi o`quvchilar orasida eng a’lochisi kim?
3-mashq. Qani,5 daqiqada o`zbek xalq maqollaridan qaysi biringiz
ko`proq yoza olar ekansiz? Vaqt ketdi!
4-mashq. Bugun shu to`garakdan chiqib ota-onangizga oppoq
qog`ozda o`zingizning eng go`zal tilaklaringizni yozib boring.
Ularga o`qib berib, xursand eting. Xato yozib qo`ymang yana.
Maroqli ta’til hammaga,aziz bolajonlar !
Hurmatli va aziz ustozlar! Ushbu to`garak ishlanmasini bir necha
oylar davomida ijod qilib yozdim.Bu universal to`garak bo`lib, 3-4-
sinflarga hatto 5-6-sinflar uchun ham mosdir.Pedagoglar bundan
foydalansin degan maqsadda ishladim.Shularni e’tiborga olib siz
hamkasblarimdan shuni so`rab qolamanki, mana shu tayyor reja va
mukammal ishlanmalar uchun 10 ming so`m narx belgiladim.
Aslida bu juda arzon.U yog`i mayli sizga aksiya bo`la qolsin.
Sog`lig`imda ayrim muammolarni bartaraf etish uchun shunday
qilyapman,aslida bepul taqdim qilar edim.Iltimos,aybga buyurmang.
Mayli, agar kimdir shu narxga ham og`irlansa, rostanam qiynalib
turgan bo`lsa, men roziman. Hammaga sihat tilab
ABDULLA XOLBO`TAYEV
Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani 5-sonli maktabning
oliy toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi