11.Rasm asosida hikoya yozish
Rasmga qarab hikoya tuzishda diqqat bilan rasmda qanday qanday
detallar mavjudligini xomcho`t qilib olamiz.Qoralamamizga shu
narsalarni qayd etib qo`yamiz.Rasmga mos qilib hikoyaga nom
qo`yamiz.Keyin asosiy rasmdan boshlab yozishga tushamiz.
Namuna: To`garak.
Sayyora ustoz
O`quvchilar
Xonaning ko`rinishi
Chizilayotgan rasm
Eng chiroyli rasm.
Mukofot
Tasviriy san’at to`garagi
Har seshanba kuni biz tasviriy san’at to`garagiga boramiz.
Ustozimiz Sayyora opa bizga rasm chizishni o`rgatadilar.Bu
to`garakka boshqa sinflardan ham xohlovchilar kelishadi.Hamma
a’zolar 14 nafar.To`garak o`tadigan xonamiz zarur jihozlar bilan
ta’minlangan.Judayam chiroyli va shinam.Bugun ustozimiz jirafa
chizishni o`rgatyaptilar.Agar kim chiroyli qilib chiza olsa, unga
rag`bat uchun mukofot ham berar ekanlar.
1-mashq. Ushbu rasmga qarab siz ham hikoya tuzib ko`ring.
|