31.Insho namunasi
1-mashq.Aziz o`quvchi, siz hozir quyida yozilgan insho namunasi
bilan diqqat bilan tanishing. Rejalarning qanday tuzilganiga e’tibor
qiling. Rejaning har ustuniga qancha hajmda yozish mumkinligini
hisobga oling.Insho yozishni o`rganing.
Ko`hna Samarqand
Reja: 1.Samarqand qanday shahar?
2.Tarixiy obidalari
3.Samarqand bozori haqida
4.Samarqand nonlari va taomlari
5.Mening sayohatdan olgan taassurotlarim
Samarqand – yurtimizdagi eng go`zal va tarixiy shahar.U
O`zbekistonimizning avvalgi poytaxtidir.Amir Temur bobomiz
Samarqandni durdona asar etib barpo qilgan.Bog`lari ko`p.Suvlari
mo`ldir.Viloyatning ham markazi hisoblanadi.Samarqand shahriga
samolyot, tezyurar poyezd, avtobuslar qatnaydi.
Samarqandda ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar ko`p.
Madrasalar, koshonalar, masjidlar, karvonsaroylar, maqbaralar va
yana boshqa ko`plab imoratlar bor. Shu obidalarni tomosha qilish
uchun dunyoning barcha mamlakatlaridan sayyohlar tashrif
buyurishadi. Qadamjolarni ziyorat qilib, u yerda suratlarga tushib,
Samarqandning go`zalligidan bahramand bo`ladilar.
Samarqandning dunyoga mashhur Siyob bozori bor. Unda
sayyohlarni lol qoldiruvchi mahsulotlar mavjud.Milliy taomlari,
milliy liboslari, turli-tuman holvalar bisyor.
Ayniqsa, o`ziga xos nonlari butun dunyoga dong taratgan.Meva-
cheva, esdalik buyumlari, hunarmandchilik asarlari kabi narsalar
barchaga manzur bo`lmoqda.
Men Samarqandga bir marta borganman.Tezyurar “Afrosiyob”
poyezdida zavq-u, shavq bilan tomosha qilib bordim. Ustozimiz biz
bilan birga edilar.Biz eng avval Amir Temur hazratlarinig
maqbaralarini ziyorat qildik.Registon, Shohi Zinda va boshqa
majmualarni maroq bilan tomosha qildik.Bozorda bo`ldik.
Sayohatdan olam-olam taassurotlar oldik.
|