6.Boshlangan gapni oxiriga yetkazish
1-mashq.Ushbu gaplar oxiriga yetmagan.Mazmunan mos qilib
ularni oxiriga yetkazing.
Namuna: Agar birinchi o`rinni olsang, ………….
Agar birinchi o`rinni olsang,
senga velosiped olib beraman.
Avval ovqatini yesin, ………….
Mirsalim bobo qo`lida ………….
Hazrat Navoiy haqida ………….
O`g`li goh u derazadan, goh ……
Qamish o`rayotib bexosdan ……...
2-mashq. Tuzilgan gaplarni mazmunan to`g`irlab yozing.
Namuna: Dorixonadan olingan kitoblar judayam yog`li ekan.
Dorixonadan olingan
dorilar
judayam
achchiq
ekan.
Farhodning buvisi singlim bilan bir sinfda ishlaydi.
Tezyurar samolyotning oxirgi xonasida askarlar ketishyapti.
Podsho o`ttiz kecha-yu, qirq kunduz yurtga suv beribdi.
3-mashq.Quyidagi gaplardagi egalarga qanday? so`rog`iga mos
so`z kiriting.
Namuna: Odam mish-mishlarga ishonavermaydi.
Aqlli
odam mish-mishlarga ishonavermaydi.
O`quvchi ustozi gapirayotganda gap qo`shadi.
Mashina hovliga juda yarashib turibdi.
Ot keyin chopadi.
Devor zilzilaga ham dosh bera oladi.
Mahallam men uchun ardoqli.
Sotuvchi xaridorning haqidan urib qoladi.
|