Ko`cha.. changitib o`tgan traktor.. Sarvar.. dadasi haydaydi.
Devor.. qoqilgan mixlar.. mana bular.. osib chiqinglar.
9.Berilgan so`zlardan gap tuzish
1-mashq.Garchi biroz kulgili va noodatiy bo`lsa ham quyida
berilgan so`zlarni qatnashtirib gap hosil qiling.
Namuna: Fil, tandir,bog`cha.
Fil
xola
bog`cha
filchalariga
tandir
da
non yopdi.
Qum, shashka, o`tin.
Jo`ja, issiq, oyna.
Telefon, supurgi, qo`shni.
Yalqov, qozon, qafas.
Keng, o`rik, do`ppi.
Gilam, biyobon, qaldirg`och.
2-mashq.Har bir so`z uchun alohida bir gap tuzing.
Namuna: Safar.
Yurtimizdagi ko`pgina yoshlar xorijga
safar
qilmoqda.
Bo`ron, dutor, sinf, arqon, imtihon, uzumzor, daryo.
3-mashq.Ushbu gaplardagi istagan so`zingizni ma’nodosh boshqa
so`zga almashtiring.
Namuna: Kasallik borgan sari avj olmoqda.
Kasallik
kundan-kunga
ko`paymoqda
.
Xavf-xatardan o`zingizni asrang.
Shiddatli sel ekinlarga zarar yetkazdi.
Mashhur olim o`z shogirdlariga kitobini sovg`a qildi.
Qirlarda har xil gul-chechaklar ochilibdi.
Jonajon elimga ta’zim qilay bir umr.
Daraxt yaproqlari hovliga to`kiladi.
Suv havzasida cho`milishni o`rganinglar.