10.So`zlar zanjiridan kichik hikoya yasash
1-mashq.Berilgan har bir so`zni asos qilib shunday gap tuzingki,
keyingi gaplar uning uzviy davomi bo`lsin.
Namuna: Hashar.Poydevor.Sement.Odamlar. Belkurak.
Yakshanba kuni uyimizda
hashar
bo`ldi. Yangi oshxona uchun
poydevor
qurildi.Bu uchun dadam 12 qop
sement
olib keldi.
Odamlar
yordamga kelishdi.
Belkurak
bilan qorishmani tayyorlab
olishdi.
Kutubxona.Seshanba.Vasila. Ertak. Javon. Soat.Ko`cha.Uy.
2-mashq.Quyida berilgan gaplarda shunday o`zgarish sodir
qilingki, mazmuni boshqacha bo`lib qolsin.
Namuna: San’atkorlar bizning madaniyat saroyimizga tashrif
buyurishdi.
San’atkorlar bizning stadionimizga tomoshaga kelishdi.
Chiqindilarni tashuvchi maxsus mashina kelyapti.
Avazbek tog`a oyna ishlab chiqarish korxonasida ishlar ekan.
Televizorda aytishlaricha sovuq havo oqimi kutilmoqda.
Tennischilar va basketbolchilarning bo`ylari uzun bo`ladi.
Kompyuter o`yinlarini me’yordan ko`p o`ynamang.
3-mashq.Qaysi gaplarga juda va qaysilariga umuman so`zlarini
kiritish mumkin? Bajarib ko`ring.
Islom akagayam-chi, qoyil qolmadim.
Sekin qimirlayapti bu oting, ichim pishib ketdi.
Nasriddin afandi haqidagi latifalar ko`p.
Kamoliddin professorning savollariga javob bera olmayapti.
Qishda issiqxonada ishlash boshqacha ekan-a?
Haligi gaplaringiz to`g`ri.
|