Kesuvchi asboblarning ishchi qismini tayyorlash uchun uglerodli, legirlangan va tezkesar asbobsozlik po‘latlari, metallokeramik qattiq qotishmalar, mineralokeramik materiallar, olmoslar qo‘llaniladi. Asbobsozlik materiallariga qo‘yilgan talablar qatoriga qattiqlik, yeyilishga chidamlilik issiq-bardoshlik, mustahkamlik, qovushqoqlik va mexanik ishlov berilish xususiyatlari kiradi. Yeyilishga chidamlilik va issiq-bardoshlik kabi xususiyatlar issiqlik o‘tkazuvchanlikka qobiliyati bilan aniqlanadi.
Kesuvchi asboblarning qattiqliligi Rokvell o‘lchov asbobida o‘lchanadi. Bunda olmos konusni R = 150 kgk ≈ 1500 N ( S shkala) yoki R = 90≈ R = 900 N (A shkala ) kuch bilan bosish kerak.
Eyilishga chidamlilik I, maolum bir m massani yo‘qotishga sarflangan A ishni shu massaga nisbati sifatida ifodalanadi:
Issiqlikbardoshlik, material qatiqligini qizishdan so‘ng pasayishi bilan boьliq holda tavsiflanadi.
Yeyilishga chidamlilik kesuvchi asbobning maolum mexanik ishlov berish davrida o‘z shakli va o‘lchamlarini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi.
S-jadvalda issiqlikga bardoshlik harorati va bir qator asbobsozlik po‘latlarning markalari berilgan.
jadval
Mustahkamlik-egilishdagi mustahkamlik sv chegarasi bilan tavsiflanadi va quyidagi birlikda o‘lchanadi. N/m2 (kgk/mm2).
Zarbaviy qovushqoqlik maxsus qurilma bo‘yicha aniqlanadi va dj/m2 (kgk×m/sm2) da o‘lchanadi.
Sanab o‘tilgan sifatlardan tashqari asbobsozlik materiali texnologik bo‘lishi kerak, yaoni mexanik ishlanuvchanligi yaxshi bo‘lishi kerak.
Toblanuvchanlik, uglerodsizlanishga moyillik, sovuq va issiq xolatlardagi plastiklik, tiьli va abraziv kesuvchi asboblar bilan ishlov berish imkoniyati va boshqalar texnologik muxim ko‘rsatkichlar hisoblanadi.