Uglerodli asbobsozlik po‘latlari tarkibida 0,6 - 1,4 % uglerod bor. Kesuvchi asbob toblangan (suvda 7600 dan – 8200S gacha) va bo‘shatilgan (1600 - 1800S ) xolatlarda qo‘llaniladi. Toblash va bo‘shatishdan so‘ng qattiqlik 60 - 63 HRC ga teng bo‘ladi.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlari nisbatan past yeyilishga chidamlilikka va issiq-bardoshlikka ega bo‘lib, kichik kesish tezliklarida ishlashi mumkin. Bu gurux po‘latlar suvda toblanadi, natijada ularda mikroyoriqchalar hosil bo‘lishi mumkin.
jadval
Material turi
|
Ko‘rinishi va sifati
| Belgilanishi |
Tavsifi
|
1
|
2
| 3 |
4
|
Uglerodli po‘lat
|
Sifatli po‘lat
|
U7-U13
|
U- uglerodli, raqam-uglerodning o‘ndan bir qismdagi foiz hiisobidagi
|
Yuqori sifatli po‘lat
|
U7A-U13A
|
A-tarkibida oltingugurt, fosfor, qoldiq qo‘shimchalar va metall bo‘lmagan qo‘shimchalar, marganets va kremniy-larning hajmi bo‘yicha toza matall.
|
Legirlangan asbobsozlik po‘latlari (7-jadval) uglerodli asbobsozlik po‘latlardan tarkibida legirlovchi elementlar - xrom, volpfram, vanadiy, marganets, molibden va boshqalar borligi bilan farq qiladi. Volpfram yeyilishga chidamlilikni va issiq-bardoshlikni oshiradi. Vanadiy zarrachalarning maydadonaligini taominlaydi. Xrom - qattiqlikni, chuqur toblanishni va yeyilishga chidamlilikni taominlaydi. Kremniy toblashga bo‘lgan moyillikni oshiradi. Marganets toblashdagi deformatsiyalanishni kamaytiradi.
jadval
Kam legir- langan po‘lat
|
Xromli po‘lat
|
X, XG
|
X- xrom;
|
Xrom kremniyli po‘lat
|
9XS
|
G- marganets;
S- kremniy, raqam uglerodning o‘ndan bir qismidagi foizini ko‘rsatadi.
|
Volpframli po‘lat
|
V1
|
V – volpfram raqam volframning foiz hisobidagi miqdorini bildiradi.
|
Xromvolpf-ramli po‘lat
|
XV5
|
|
Xrommarga-netsli po‘lat
|
XVG
|
|
Xromvolp- framkremniy marganetsli po‘lat
|
XVSG
|
|
Xromvolp- framvannadiy-li po‘lat
|
X6VF
|
F – vanadiy;
|
Xromli po‘latlardan (0,4-0,7% Cr) yumshoq materiallarga ishlov berish uchun qo‘l metchiklari, zenkerlar tayyorlanadi. SHuningdek yirik egovlar tayorlash tavsiya etiladi.
9XC markali po‘lat (0,95 - 1,25% Cr, 1,2 - 1,6% Si) yaxshi toblanadi va yuqori issiq-bardoshlikka ega,(qattiqligi 60HRC dan kam emas, 2500 – 2600C gacha qiziganda o‘zining turg‘unligini saqlab qoladi).
XVG markali po‘lat (0,90 - 1,20% Cr, 1,20 - 1,60% W, 0,80 - 1,10% Mn) eng yuqori toblanuvchanlikka ega, toblanganda ham deformatsiyalanadi va yumshoq materialga ishlov beruvchi yirik va uzun sidirgichlarni tayorlash uchun qo‘llaniladi.
XVSG markali po‘latda kremniy miqdori bir oz ko‘proq bo‘ladi (0,65-1,0% C, XBG markali po‘latda 0,15 - 0,35% C) chuqur toblanuvchanlikka va issiq-bardoshlikka ega bo‘lib ulardan yumaloq plashkalarni, yirik sidigichlarni, razvertkalarni tayyorlash uchun tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |