Kraxmal (C6Hl0O5) tabiiy polimer modda bo'lib, asosiy oziq modda sifatida o‘simliklar tarkibida uchraydi. U kartoshkii tuganaklarida 20 % ga yaqin, bug‘doyda 70% gacha, guruchda 80% ga yaqin kraxmal bor.
Kraxmal suvda erimaydigan oq kukun modda, uni suvga solib ivitilsa kolloid eritma - kleyster hosil bo‘ladi. Kraxmal yod ta’sirida ko‘k rangga kiradi. U qaytaruvchi xossasiga ega emas, ya’ni Feling suyuqligini qaytarmaydi. Kraxmal mineral kislotalar ishtirokida qizdirilganda uning katta molekulalari suvda eriydigan kichikroq molekulali (C6Hl0O5)n dekstrinlarga parchalanadi. Kraxmal enzimlar, ya’ni solod tarkibidagi diastaza va so‘lakdagi ptialin fermentlari ta’sirida ham parchalanib dekstrinlar hosil qiladi. Ammo shu bilan kraxmalni gidrolizi bo‘lmaydi. Dekstrinlar o‘z navbatida gidrolizlanib m altozaga, maltoza molekulasi esa ikki molekula D-glukozaga parchalanadi. Kraxmalning asta gidrolizlanib, glukoza hosil qilish jarayon ini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:
Kraxmalning bunday kislotali va fermentativ gidrolizini 1814- yilda rusolimi K.S.Kirxgof kashf etgan. Kraxmal murakkab tuzilishiga ega bo‘lib, u o‘z navbatida ikki moddadang - amiloza va am ilopektindan iborat. Kraxmalda amiloza 20-30% ni, amilopektin esa 70-80% ni tashkil etadi.
Amiloza. Amiloza molekulasi 180-950 glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan uglevod bo‘lib, ular chiziqli tuzilishga ega. U ning molekular massasi 32 000 -160 000 oralig'ida bo‘ladi. Amiloza issiq suvda eriydi, ammo uning eritm asi beqaror, chunki vaqt o ‘tishi bilan eritmada amiloza ch Glikogen yoki hayvon kraxmali (C6P10O5)n. Glikogen oziq modda zaxirasi sifatida hayvonlarorganizmida muhim rol o‘ynaydi. Jigarda glikogen 20 % gacha bo’ladi. U oq am orf modda bo‘lib, issiq suvda eriydi. Hosil bo‘lgan modda - kalloid eritma ozroq tuz ta’sirida kaogulatsiyalanadi. Glikogen eritmasi qutblanish tekisligini o‘ngga buradi, uning solishtirma buruchanligi +196° ga teng; ba’zi fermentlarva kislotalar ta’sirida gidrolizga uchrab maltoza hosil qiladi.
Inulin (C6Hl0O5)n. Inulin kraxmal kabi o‘simliklarning zaxira oziq moddasi hisoblanadi. Lekin u o‘simliklar dunyosida kraxmal kabi ko‘p tarqalgan emas. U ba’zi o‘simliklarning ildiz qismida ko ‘p bo‘ladi. Inulin glikagen kabi suvda yaxshi eriydi va kalloid eritma hosil qiladi. Yod ta’sirida rangi o‘zgarmaydi. Inulin kislotalar yoki enzimlarta’sirida to'liq gidrolizga uchratilsa, D-fruktoza hosil bo‘ladi.