Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (1048.18.5, Nishopur - 1131.4.12) — matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir.
Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Malikshoh va Nizomulmulk (1019—92) daʼvati bilan 1074-yilda Isfahonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079-yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʻlgan.
Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʻzini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblagan. Ibn Sino asarlarini tushunmagan kishilar ularni izohlash va sharhlashni undan soʻraganlar. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʻoya va qarashlarini davom ettirgan hamda targʻib qilgan. „Risolat ul-kavn vat-taklif“ („Koinot va uning vazifalari haqida risola“), „Risola fil vujud“ („Borliq haqida risola“), „Risola fi kulliyoti vujud“ („Borliqning umumiyligi haqida risola“) kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon boʻlgan. 1077-yilda u yunon olimi Yevklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan „Risola fi sharhi mo ashkala min musodarat kitob ul-Iklidis“ („Yevklid kitobi muqaddimalaridagi mushkulotlar sharhi haqida risola“) asarida butun sonlarning ildizini topish yoʻllarini koʻrsatib bergan. „Risola fil barohiyn ala masoyil al-jabr val-muqobala“ ["Algebra va muqobala (qarshilik nazariyasi) isbotlari haqida risola"], „Mushkulot ul-hisob“ („Arifmetika mushkulotlari“) asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharhlash bilan birga, ularning qarashlarini rivojlantirgan, matematik, fizik tenglamalarning modellarini topgan. XII asr fors nasrining nodir namunasi hisoblangan „Navroʻznoma“ asarida Navroʻzning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bogʻliq anʼana va marosimlari keng yoritilgan, koʻplab hikoyat va rivoyatlar keltirilgan.
Umar Xayyomga uning ruboiylari jahonshumul shuhrat keltirgan. Ularda shoir dunyo, odam haqida, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, eskining yemirilib, yangining paydo boʻlishini (kulol, koʻza, tuproq haqidagi ruboiylar va h.k.) ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning maʼnosi, insoniy fazilat va qusurlar, maʼrifat va jaholat kabi mavzular shoir ruboiylarining asosini tashkil etadi. Tez-tez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot lazzatlarini ulugʻlash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz gʻazalni qanchalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Xayyom ham ruboiyni shunchalik yuksak mavqega koʻtardi. Xayyom ruboiylari dunyoning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Bu ruboiylar oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. XIX asrdan Gʻarbda ham mashhur boʻlgan. Aynan u tufayli ruboiy jahon soʻz sanʼatining mashhur janrlaridan biriga aylangan. U oʻzining falsafiy jihatdan teran va sermazmun ruboiylari bilan Sharq sheʼriyatida falsafiylikning chuqurlashuviga katta hissa qoʻshgan.
Amerikada Umar Xayyom asarlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari, Londonda maxsus xayyomxonlar saroyi mavjud. Ularda shoir ruboiylari ham aslida, ham tarjimada badiiy soʻz ustalari, mohir notiqlar tomonidan oʻqiladi. Sharqda bunday sahna asari — „Oʻz-oʻzim bilan suhbat“ Tojikiston xalq artisti Mahmudjon Vohidov tomonidan yaratilgan. Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirovlar ham Xayyom ruboiylari asosida qoʻshiqlar yaratganlar.
Xayyom ruboiylarini XX asr boshlaridan oʻzbek tiliga tarjima qilishga kirishilgan. 1914-yil „Shoʻro“ jurnalining bir necha sonlarida shoirning ruboiylari ilmiy sharhi bilan nasriy tarjimada eʼlon qilingan. Fitrat „Fors shoiri Umar Xayyom“ nomli risolasida (1929) uning 35 ta ruboiysini nasriy tarjimada keltirgan. Keyinchalik F.Abdullayev uning 14 ta ruboiysini sheʼriy tarjima qilgan. Xayyom ruboiylari tarjimasi asosan Sh. Shomuhamedov nomi bilan bogʻliq: shoir ruboiylari uning tarjimasida bir necha marta bosilib chiqqan. Soʻnggi yillarda Umar Xayyom ruboiylarining J.Kamol, E.Ochilovlar tomonidan aruzda qilingan yangi tarjimalari paydo boʻldi. 2001-2004-yillarda Nabi Jaloliddin Umar Xayyom hayotiga bagʻishlangan roman yozdi. Bu ajoyib roman Xayyom ruhiyatining barcha qirralarini toʻla namoyon etgan.
U 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum. Masalan, 1077 yilda u yunon olimi Evklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yo’llarini ko’rsatib beradi. 1079 yilda Xayyom yangi isloh qilingan kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar Yevropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo’llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Shuningdek uning «Risolatul-kavn vat-taklif» («Koinot va uning vazifalari»), «Risola fil-vujud» («Borliq haqida risola»), «Risola fi kulliyati vujud» («Borliq umumiyligi haqida risola») kabi asarlari ham mashhurdir. Umar Xayyom o’zini sira ham shoir deb hisoblamagan. Ruboiylarini ilmiy izlanishlardan charchagan paytida turli dafgarlarning hoshiyasiga bitgan. Qismat o’yinini qarangki, olim o’z umrining asosiy qismini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga taratdi. Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo’lmagan, lekin hayot haqida ba’zi mulohazalarini 4qatorlik she’r qilib qog’ozga tushirib qo’yavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so’ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e’lon qilgandan so’ng, bu she’rlar juda mashhur bo’lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. Xayyom ruboiylarining soni turli ma’lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari «katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi» deb ulug’lagan shoirning mayxo’rlik, yengil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir. Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba’zi toifalar tomonidan ataylab to’qib chiqarilgan, degan ma’lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qo’lyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan. Umar Xayyom ruboiylari kirib bormagan o’zbek xonadoni bo’lmasa kerak. Uning falsafiy mazmuni teran va badiiy jihatdan pishiq ruboiylari atoqli mutarjim SH. Shomuhamedov tarjimasida bir necha marta nashr etilgan. Keyinchalik J. Kamol shoir ruboiylaridan bir qanchasini o’z aruziy vazni bilan o’zbek tiliga o’girdi. Avval tafakkurda tug’ilib, keyin qalb qo’riga yo’g’rilgan Umar Xayyom ruboiylari, bir so’z bilan aytganda, Olam va Odam haqida. Shoir dunyo evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan qaraydi: dunyoni o’zgartirishki qo’lingdan kelmas ekan, uni deb qayg’urish behuda. Uning uchun tug’ilish va o’lim, yaxshilik va yomonlik, halol va harom — bir xil: hammasi o’z tabiiy qonuniyatiga asoslanadi. Dunyoviy falsafa vakili sifatida Xayyom dunyoni aql elagida elaydi — Olam va Odam muammosini umumfalsafa mezoni bilan o’lchaydi. Shu ma’noda, Xayyom ijodida biz odamdan ham, olamdan ham ustun turadigan — dunyoni qamrab oladigan shafqatsiz falsafaga duch kelamiz. Lekin farang faylasufi Laroshfuko: «Falsafa o’tmish va kelajak kulfatlari ustidan tantana qiladi, lekin bugunning qayg’usi falsafa ustidan tantana qiladi», — degani kabi Umar Xayyom ruboiylari ham buyuk mutafakkirning falsafiy mezonlariga bo’ysunmagan, ularni yorib chiqqan zalvorli fikrlar po’rtanasi, beorom qalbiga sig’magan otashin tuyg’ular silsilasidir. Agar shunday bo’lmaganda, Xayyomning isyonkor she’riyati ham dunyoga kelmas edi.
Ustod va shogird kabi nasihat usulidagi to’rtliklarni quyidagicha bayon etgan:
Bu zamonda aqldan foyda yo’q zinhor
Aqlsiz kishiga jahon unumdor.
Aqlimni olguvchi narsani keltir
Shunda zero, zamon menga bo’lgan yor.
* * *
Har kim aql so’ziga solarkan quloq
Chindan oqibatida bu ho’kiz sog’moq!
Zo’r aqling zo’r kelib may sotayapsan
Ablahlik to’nini kiy, shu ma’qulroq!
Dilim ilmlardan mahrum bo’lmabdi
Dilim ilmlardan mahrum bo’lmabdi
Bir sir qolmadiki, mafhum bo’lmabdi.
Tunu kun o’yladim yetmish ikki yil
Angladim - hech narsa ma’lum bo’lmabdi:
* * *
Begona ham vafo qilsa, jigar menga
Qarindoshim jafo qilsa digar menga.
Do’stlar inoqlikni qilsangiz odat
Tez-tez diydor ko’rib o’zni aylang shod.
* * *
Molu dunyo hasrati qilmasin afgor,
Mangu yashar kishi qani qayda bor?
Bir necha nafasing tanda omonat
Omonatga omonat bo’lmoqlik darkor.
Bozorda bir kulol ko’rsatib hunar
Bozorda bir kulol ko’rsatib hunar
Bir bo’lak loyni tepib pishirar.
Loy ingrab aytadi: “Hoy sekinroq tep
Men ham kulol edim sendek birodar”.
* * *
Bo’lgil doim oqil kishiga o’rtoq
Noaqldan butkul qochaver yiroq.
Dono senga zahar tutsa ham ichgil
Qo’l cho’zmagil sharbat tutsa ham ahmoq
Umar Xayyom ijodiy faoliyati, uni fanlarga qo’shgan hissasi va odob-axloqqa bag’ishlangan ruboiylari katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Umar Xayyom ijodiy faoliyati, uni fanlarga qo’shgan hissasi va odob-axloqqa bag’ishlangan ruboiylari katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Umar Xayyom yashagan davridagi ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot saljuqiylar hamda somoniylar davlatini hukmronligiga to’g’ri keldi. U tug’ilgan Nishopur va Mashhadni o’z ichiga olgan Xurosonning katta qismi hozirgi vaqtda Eron bo’lib, Xayyom davrida Xurosonning shimoliy qismida Ashxobod, Marv G’arbida Hirot va Balx shaharlari joylashgan edi. III-VII asrlarda Xuroson sosoniylar Eron davlati ixtiyorida bo’lib keyin arablarga o’tdi. IX asrda Xuroson bilan Movarounnahrning markazi Marv shahri bo’lgan. X asrda esa Xuroson va Movarounnahr Somoniylar davlatiga kirdi. U o’z davrining qomusiy olimlaridan sanalardi. SHuning uchun ham, u har doim insonni fan va madaniyatdan bahramand bo’lishini istardi.
G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Xayyom Nishopur shahrida, badavlat hunarmand oilasida tug‘ilib, voyaga yetdi. Uning laqabi Xayyom bo‘lib, bu so‘z «chodir tikuvchi» degan ma’noni anglatadi. Umar Xayyom tili achchiq, badjahl odam bo‘lgan.
U o‘z she’rlarini fors tilida, nasriy asarlarini esa arab tilida bitgan. Xayyom o‘zining ruboiylari bilan nom qozongan. Uning taxminan 400 ta ruboiysi mavjud bo‘lib, shulardan 293 tasi Kembrij dorilfununining kutubxonasida saqlanadi.
Umar Xayom faylasuv sifatida «Borliq va majburiyat haqida risola», «Uch savolga javob», «Umumiy fanning predmeti haqida aqlning nuri», «Majudlikning umumiyligi to’g`risida risola» kabi asarlar yaratdi.
Umar Xayomning nuqtai nazaricha, xulq-atvor ikki yo’l bilan: odat qilib olish yordamida va fikrlash jarayonida yuzaga keladi. Bu yo’llarning ikkalasi ham bir ishda ahamiyatga ega. Yomon xatti harakatlar odatga kirib qolishi, yomon ahloq bo’lib mustaxkamlanib olishi mumkin, xuddi shuningdek «chiroyli» xatti-harakatlar ham «chiroyli» ahloqqa aylanishi turgan gap. Bu bilan u insonning ahloqiy qiyofasini, uning xarakterini faol ravishda shakllantirish mumkinligini isbotlagan edi.
Tarbiyaning maqsadi, Umar Xayomning fikricha, «sog`lom fikr, ziyorak aql va o’tkir zexnga ega bo’lgan» insonni shakllantirishdan iborat bo’lmog`i kerak. «Faqat chuqur zehngina, deb qayd qilgan edi olim, - barkamol qalbni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning yordami bilan yuksak aql-idrok farogatini hosil qilishi mumkin».
Umar Hayyom Ibn Sino falsafiy ta’limotining tarafdori bo‘lgan. Ibn Sinoning “Asxaviya” (“Nurlanish”) asarida inson joni o‘limdan keyin ma’dad olamiga qaytadi va u yerda o‘zining qilgan yaxshi va yomon ishlarining ta’sirini va kuch-qudratini his qiladi, deyilgan. Ibn Sino bu asarida tanasuh ta’limotini tan oladi va insonning ruhiy rivojlanish jarayonida uning muhim o‘rnini ko‘rsatadi.
Materiya aylanma harakat jarayonida qatnashganday, ruh ham komillik darajasiga ko‘tarilmaguncha, yer va ma’ad olami o‘rtasida, abadiy qaytish jarayonida qatnashadi. Bu abadiy qaytish va aylanma harakat girdobidan ruhni faqat komillikka erishish ozod qilishi mumkin.
Xayyom birinchi bo’lib uchinchi darajagacha bo’lgan tеnglamalarni еchish nazariyasini yaratdi va barcha tеnglamalarning umumiy sinflarini bayon etdi. Bu «Al-jabr val muqobala masalalarining isbotlari haqida» asarida (B. A. Rozеnfеld (1917 yilda tug’lgan, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida o’rta asrlarda matеmatika tarixi bo’yicha ilmny ishlar muallifi) rus tiliga tarjima qilgan) kеltirilgan.
Umar Hayyom birinchi marta gеomеtriya bilan algеbraning aloqasi to’g’risidagi hamda algеbraik tеnglamalarni gеomеtrik tushuntirish va еchish haqidagi masalani qo’ydi.