Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
43.
Kim haqida: Unda tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur’at, ba’zan
nihoyatda keskinlik, cho‘rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu
tasvirlarda aniq ko‘rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo‘ladi.
To’nyuquqda
44.
«xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan» tagiga chizilgan fikr kim
haqida ekanligini toping? To’nyuquq
45.
To’nyuquqning xotirjamligi qaysi jumla bilan ifodalanadi? «xalqning
tomog‘i to‘q edi»
46.
Turkiy xalqlar ustiga hujum uyushtirish haqidagi ma’shum xabarni eshitib
To’nyuquq qanday munosabat bildirdi? «tun uxlagim kelmadi, kunduz o‘tirgim
kelmadi»
47.
To’nyuquqning «tun uxlagim kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi» gapini
qanday izohlaysiz? uning o‘z taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit
holda tasavvur qilishini ko‘rsatib turibdi.
48.
To’nyuquqning iftixoridagi asosiy nuqta nima ekanligini aniqlang. «Bu turk
xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim».
49.
To’nyuquq obidasi qanday mavzudagi madhiya sanalaishini ayting? Vatan
50.
U voqeiy yoki badiiy asar bo‘lishidan qat’i nazar, unda hayot haqiqati ham,
tarixiy haqiqat ham badiiy tarzda o‘z aksini topgan. Fikr haqida ekanligini ayting.
To’nyuquq bitiktoshi
51.
Eltarish, Bo‘g‘u, Bilga xoqonlar bu Tarixiy shaxslardir.
52.
Yodgorlikda nima yetakchilik qiladi? Chaqiriq, undov murojaat
53.
To’nyuquq tabiatida qanday holatlar mutloqo ko’zga tashlanmaydi?
Tushkunlik va ikkilanish
54.
To’nyuquq nima uchun Kompozitsion jihatdan yetuk asar deb baholaysiz?
Unda o‘ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud.
55.
To’nyuquq bitiktoshi qaysi davr adabiy tiliga xos? VIII asr (Qadimgi turkiy
til)
56.
«Tabg‘ach, O‘g‘uz, Qitan - bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz.
Unda vujudining ich-u tashini - mol-u jonini topshirgan kishiday bo‘lamiz. Yupqa
yig‘in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig‘in uzishga oson emish. Yupqa qa-
lin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan
bahodir emish». Qanday birliklar qo’llanadi? Majoz, matal, maqol
57.
Asarda oltinga «sariq», kumushga «oq», tuyaga «egri» singari birliklarni
nimani ifodalaydi? Epitet- sifatlash
58.
Tonyuquqdagi asosiy tasvir vositasi nima? alliteratsiyadir.
59.
Alliteratsiya qanday san’at- tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil
tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir.
60.
To’nyuquq bitiktoshida qaysi tovushlar takrorlanadi? Unli va undoshlar
61.
O‘ngra qitaynyig‘ o‘lurtachi terman, Bani o‘g‘uzug‘ o‘lurtachi - o‘q terman.
Baytda qaysi badiiy san’at qo’llangan? Alliteratsiya
62.
«Tabg‘ach, bardanayin teg. Qitany, o‘ngdalayin teg. Ban yirdantayin
tegayin» qanday ma’noni anglatadi? (Tabg‘ach, sen o‘ngdan hujum qil! Qi- tan,
oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay!)
63.
Qadimgi davrlarda yashab ijod etgan ayrim adiblarning nomlarini sanab
bering. Bizgacha Aprinchur Tegin, Kul Tarxon, Singku Seli Tutung, Pratyaya-
|