Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

44.  «Aristotilis hakim Aflotunning shogirdidur, Iskandarning vaziri erdi. Aning 

so‘zlaridin budurkim, podshoh ulug‘ rud (soy, daryo)ga o‘xshar va atboi (tobelari, 

tarafdorlari, izdoshlari) arig‘larg‘akim, ul ruddin ayrildilarkim, ud rud suyig‘a har 

hol bo‘lsa, arig‘larg‘a hamul holdur. Ul chuchuk bo‘lsa, bular chuchuk; ul achig‘ 

bo‘lsa, bular achig‘; ul sof bo‘lsa, bular sof; ul loy bo‘lsa, bular loy. Pas, 

podshohg‘a vojibdur - g‘oyat hikmat va e’tidol (o‘rtachalik, yarashiqlilik, 

to‘g‘rilik) bila, to mulk barqaror bo‘lg‘ay. Yo‘qki, barchag‘a nima ber- gay 

bee’tidolliq (nomavzunlik, yarashiqsizlik) bila, to mulk buzulg‘ay».  

45.  Navoiyning diniy mavzularda qalam tebratgani ham yaxshi ma’lum. «Siroj 

ul-muslimin» («Musulmonlik chirog‘i»), «Ar- ba’in» («Qirq hadis»), «Munojot» 

(«Tavba-tazarru») shular jumlasidan. 

46.   Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamo- yim ul-futuvvat» 

(«Ulug‘lik xushbo‘yliklarini taratuvchi muhabbat shabbodalari») asari tasavvuf 

tarixiga bag‘ishlangan.  

47.  Bu kitob, aslida, Abdurahmon Jomiyning «Nafahot  ul-uns min hazarot ul-

quds» («Pok zotlar huzuridan esgan do‘stlikning xush islari») kitobining erkin 

tarjimasidir. Bu kitobda tasavvuf tarixi, uning nazariyasi, buyuk so‘fiylarning 

hayoti va faoliyati yoritib berilgan.  

48.  Xoja Ahmad Yassaviy, Adib Ahmad (Yugnakiy), Shayx Fariduddin Attor, 

Nizomiy, Xusrav Deh- laviy, Shayx Kamol Xo‘jandiy, Nosir Xusrav, Mavlono 

Lutfiy, Mavlono Ashraf, Sayyid Nasimiy, Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy 

singari buyuk adiblarning hayoti va ijodiga oid lavhalar ham shu kitobdan o‘rin 

olgan. Kitob tasavvufga oid hikmatli so‘z va o‘gitlarni ham jamlagan. Ularning 

ayrim namunalari bilan tanishishimiz mumkin: 

49.  «Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa, to‘yib 

ovqatlanishdir». (Abu Sulaymon Doroniy) 

50.  «Igna bila tog‘ni qozmoq takabburni ko‘ngullardin chiqar- moqdin 

osonroqdur». (Abuhoshim Sofiy) 

51.  «Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») ham axloqiy- didaktik g‘oyalar 

targ‘ibiga bag‘ishlangan. U ayrim hadisi shariflarning she’riy talqinidir. Unda 

hadislardagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli, 

ta’sirchan tilda, she’riy shaklda talqin qilinadi. 

52.  Navoiy - tarixiy-memuar ruhidagi qator asarlarning ham muallifi. Bu 

silsilaga «Vaqfiya», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», 

«Holoti Pahlavon Muhammad» asarlari kiradi.  

53.  Alisher Navoiy ichki intizomga muntazam rioya qilar edi. Shuning uchun u 

hatto o‘z maktublarini ham tartib bilan saqlab qo‘ygan.  

54.   1499-yilda «Munshaot» («Maktublar») degan kitobi tuzilgan edi. 

Maktublar turli kishilarga yozilgan.  

55.  Xususan, Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li Badiuzzamon mirzoga, 

o‘g‘ilxoni Mir Ibrohimga yozilgan maktublar yuksak saviyasi, go‘zal badiiyati va 

katta tarbiyaviy jihatlari bilan e’tiborlidir. 

56.  Alisher Navoiy haqida uning zamondoshlari 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin