Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Tengri xonin ochuq aqida qilib, Xalqdin ro‘ziy istagan gumroh Uyladurkim tengiz
qirog‘inda Ro‘za ochmoqqa kimsa qozg‘oy choh. Eng avval sarlavha mohiyatini
anglab olishga harakat qi- lamiz. Uni «yaratganning dasturxoni tuhfalari-yu
umumiy, bar- chaga barobar karami bo‘la turib, boshqa (kishi)lardan biror narsa
tilagan (kishi)ning xom tamasi-yu oxiri yaxshilik bilan tugamagan zoti» haqida
deb tabdil qilishimiz mumkin. De- mak, qit’a ayrim bandalarning noshukurligi
hamda behuda ta’magirligi haqida.
Qit’a mazmunini aniqroq tasavvur etish uchun har bir misra, har bir so‘z ustida
bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Bir qarashda unda begona, notanish va tushunarsiz
so‘z yo‘qqa o‘xshaydi. Ammo Navoiy qo‘llagan so‘zlarning barchasi ham
lug‘atlardagi izohlar doirasiga sig‘avermasligini, qolaversa, she’riyatda
so‘zlarning o‘z lug‘aviy ma’nolaridan ko‘ra ancha kengroq mazmun qamroviga
ega bo‘lishini ham nazarda tutish lozim bo‘ladi.
Agar shu nuqtayi nazardan «aqida» so‘ziga e’tibor qarat- sak, uning «ishonch»,
«e’tiqod», «ixlos»; «tushuncha», «fikr», «bilim» ma’nolariga egaligi ma’lum
bo‘ladi. O‘z-o‘zidan «aqida qilmoq» ham «ishonch hosil qilmoq», «e’tiqodli
bo‘lmoq» ma’nolarini mujassamlashtiradi. Shu ma’nolarnigina nazarda tutib
birinchi baytni o‘qisak, ma’noning yaxlit va butun tasav- vur qilish qiyinroq
ekanligi ayonlashadi. Agar iboraning «gu- mon qilmoq» ma’nosiga ham egaligini
e’tiborga olsak, vaziyat o‘zgaradi. «Olloh dasturxonining har doim ochiqligiga
gumon keltirib (ya’niki, yaratganning har doim marhamatli ekanligiga
shubhalanib)» tarzidagi talqin mazkur misraning keyingi misra bilan uzviy
yaxlitligini ko‘z oldimizga keltirishga ko‘mak- lashadi. Ya’ni haqning
marhamatiga emas, balki o‘z rizq-u ro‘zi o‘rniga xalq (boshqa bir inson)ning qo‘li
bilan beradigan narsalariga umidvor bo‘lgan, ta’magir, yo‘lini yo‘qotgan odam
(«gumroh») obrazini tasavvur qilish qiyin kechmaydi.
Ana shunday yaramas qiyofali kimsani kitobxonning ko‘z oldiga yanada aniqroq
keltirishi uchun bir qiyos tavsiya etila- di, uning o‘xshashi ko‘rsatiladi:
dengizning qirg‘og‘ida bo‘la turib, og‘iz ochish uchun lozim bo‘ladigan suvni
topishga in- tilayotgan, shu miqdordagi suvni topish ilinjida ayni mana shu yerdan
quduq qaziyotgan odam timsoli shu vazifani ado etadi.
Uning gumrohligi shu darajadaki, o‘zi dengiz qirg‘og‘ida turibdi, ya’ni
yaratganning dasturxoni uning uchun ochiq. Buni Allohning chek-u chegara
bilmaydigan inoyati, shafqat va marhamati sifatida tushunmoq joiz ko‘rinadi.
Agar u yo‘li- ni yo‘qotgan bo‘lmasa, oyog‘i ostidagi shuncha narsalarni
ko‘rmasdan, ularga shukronalar qilmasdan o‘tib ketarmidi?!
Uning ustiga qit’ada bilinar-bilinmas kinoya ham mavjud: ro‘zadorning og‘zini
ochishi uchun qancha suv kerak bo‘la- di? Bu bir tomondan, ikkinchidan esa,
ro‘zador bo‘la turib shunchalik og‘ir va mashaqqatli, buning ustiga keraksiz ishga
mashg‘ul bo‘lish oqil-u donolikka kiradimi? Faqat va faqat gumroh - yo‘lini tom
ma’noda yo‘qotgan bechoragina shun- day qilishi mumkin.
Qit’aning go‘zal shakli, teran ma’nosi, mutafakkir adib qalamidan chiqqan ifoda
yo‘sini kishini o‘y va mushohadaga chorlaydi. Bu o‘y va mushohadalarning esa
yanada yangi va munosib kuzatish va xulosalar sari yetaklashi shubhasizdir.
Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak
Debon bergan kishi erdur, va lekin Demay berganga erlik bil musallam.
|