Ahmad Yassaviy
Ahmad Yassaviy savol-javoblar 10 sinf 2017
1. Ahmad Yassaviy qayerda tug’ilgan? Yassi yaqinidagi sayram shahrida tug’ilgan.
2. Uning otasi kim bo’lgan va ismi kim? Turkistonning taniqli shayxlaridan bo’lgan
ismi Ibrohim
3. Onasi qaysi nom bilan mashhur bo’lgan? Qorasoch momo
4. Otasi vafotidan so’ng kimning qo’lida tarbiyalanadi? Yirik mutasavvuf olim
Arislonbobo qo’lida
5. Ahmad Yassaviy Buxoroga borib kimning qo’lida tarbiyalanadi? Yusuf hamadoniy
6. Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar chuqur egallaydiki, xalq orasida qanday
naql paydo bo’lgan? “Makkada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad”
7. Ahmad Yassaviy qachon vafot etgan? 1166 yil
8. Amir Temur qachon va qayerda Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbar o’rnatilgan?
1395-1397-yil Turkistonda
9. Navoiy qaysi asarida Ahmad Yassaviy haqida o’z fikr mulohazalarni bildirgan?
Nasoyim ul muhabbat(Muhabbat shabadalari)
10. «Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayx ul- mashoyixidur. Maqomati
oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz)
ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)». Ushbu fikr
muallifi kim? A. Navoiy “Nasoyim ul muhabbat”
11. As’hobidin so’zining ma’nosini ayting? Suhbatdoshi
12. Matavoliy so’zining ma’nosini ayting? Hayratlanarli
13. Nomahsur so’zining ma’nosini ayting ? Chegarasiz
14. Ahmad Yassaviyning ijodiy merosi bu… “Hikmatlar”
15. Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asarida nechta she’r bor? 240ga yaqin
16. Uning “Hikmatlar ” asari xalq orasida qanday nom bilan mashhur? “Devoni Hikmat”
|