Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

Buning natijasida esa o‘zi bildirmoqchi bo‘lgan poetik fikrning takrorlanmas 

jarang va kuchli ta’siri hosil bo‘lgan. 

Navoiy qit’alari mavzu va shakliga ko‘ra rang-barang. Qu- yidagi qit’a komil 

inson haqidagi tasavvurlarga aniqlik kiri- tishi bilan e’tiborlidir: 

Tavozu’ yaxshi, ammo yaxshiroqdur  

Agar da’b etsa ani ahli davlat. 

Erur ham afv xo‘b-u, xo‘broq ul  

- Ki, zohir bo‘lg‘ay el topqonda qudrat. 

Ato ham turfa ishdur, turfaroq bil, 

Agar yo‘qdur aning yonida minnat. 

Hakim insoni komil debtur ani  

Ki, bo‘lg‘ay zotida bu necha xislat. 

Tavozu’ - adablilik, o‘zini past va kamtar tutish degani. U, Navoiy talqinicha, 

hamma uchun ham yaxshi, ammo «ahli davlat», ya’ni qo‘li uzun kishilarning bu 

xususiyatni o‘zla- rining doimiy fazilatiga aylantirishi yanada «yaxshiroqdir» 

(«da’b»ning ma’nosi «odat», «qiliq», «xislat» demakdir). 

Ikkinchi xislat kechirimlilik. Navoiy uni «afv» so‘zi bilan ifodalaydi. Bu xislat 

ham barchaga birdek taalluqli. Ammo ki shining mavqei baland, imkoni ko‘p 

bo‘lganda («qudrat topqonda») shu xislatni ko‘rsata olsa yanada yaxshiroq 

(«xo‘broq») bo‘ladi. 

Boshqalarga xayr-ehson, tuhfalar qilish ham inson kamo- lotidan nishona bo‘la 

oladi. Ammo himmat qilgandan keyin uni yuzga solmaslik, minnat qilmaslik 

lozim. Beruniy aytga- nidek, «minnat himmatni yo‘q qiladi». 

Alisher Navoiyning xulosasi shu: kimda mazkur xislatlar mavjud bo‘lsa, u «insoni 

komil»dir! 

Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi 

(xavfi, vahimasi) ham 

«Jahon ganjig‘a shoh erur ajdaho» 

Ki, o‘tlar sochar qahri hangomida. 

Aning komi birla tirilmak erur, 

Maosh aylamak ajdaho komida. 

Afsonalarga ko‘ra katta boylik va xazinalarni ajdaholar qo‘riqlar ekan. Xazina 

ilinjidagi odam, albatta, ajdahoga ro‘pa- ra keladi. Navoiy shu asosga tayanib, 

ajdahoni qahrga kirgan paytida og‘zidan o‘t sochishini, ya’ni vahshatga aylanishi- 

ni tasvirlaydi. Xulosa shuki, kimdakim ajdahoning yaqinida bo‘lsa, uning 

tirikchiligi ajdaho sochgan o‘tlar, olovlar ichida yashashdan iborat bo‘ladi. 

Albatta, bu ramziy tasvirdir. Uning kaliti esa qit’aga qo‘yilgan sarlavhada 

berilgan: «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj 

biymi (xavfi, vahimasi) ham». 

Navoiy she’ri to‘qquz bayt-u, o‘n bir bayt, o‘n uch bayt Ki, lavh uzra qalam 

ziynat berur ul durri maknundin

1

. Bukim, albatta, yetti baytdin o‘ksuk emas, ya’ni 



Tanazzul ay lay olmas rutba ichra yetti gardundin. 

Mazkur qit’ani shoirning faxriyalaridan biri deyish mumkin. Unda, birinchidan, 

shoirning barcha g‘azallariga ixcham baho berilgan. Haqiqatda ham, shoir 

devonlaridan o‘rin olgan g‘azallardagi baytlarning barchasi adib ko‘rsatgan son 

bilan uyg‘un keladi. 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin