Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

Shoir o‘z she’rlarini «durri maknun» deb baholaydi. Bu «yashirin dur», «yaxshi 

saqlangan dur» demakdir. 

Yozuv taxtasi ustida(gi qog‘ozda) yurayotgan qalam shu yashirin sirlardan xabar 

beradi. Demak, shoirning ko‘plab g‘azallari to‘qqiz, o‘n bir va o‘n uch baytdan 

iborat. Ammo ular yetti baytdan kam («o‘ksuk») emas. Buni shoir boshqa bir 

hodisa bilan qiyoslaydi. Modomiki, osmon (gardun) yetti qavatdan iborat ekan, 

ularning har bir qavati uchun shoirning g‘azallari o‘sha martabaga mos va 

munosibdir. Zero, ularning hozirgacha ham butun insoniyatni maftun etib 

kelayotgani buning isbotidir. 

1

 M a k n u n  - yashirilgan, maxfiy. 



ALISHER NAVOIY RUBOIYLARI HAQIDA Shayx Ahmad bin Xudoydod 

Taroziy «Funun al-balog‘a» asarida (hijriy 840 - milodiy 1436-1437-yillar) o‘z 

davrida- gi o‘nta she’riy janrlarga tavsif beradi (qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, 

masnaviy, tarje’, musammat, mustazod, mutavval, fard). Biz yaxshi bilamizki, 

Navoiy ijodida - «Xazoyin ul- ma’oniy»da she’riy janrlarning 16 ta xili mavjud. 

Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassis 1 ar ko‘p 

marta ta’kidlashgan. 

«Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») asari, asosan, tasavvuf g‘oyalari 

targ‘ibiga bag‘ishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar 

nihoyatda sodda va tushu- narli tilda talqin qilinadi. Masalan, «Ro’a aboka 

yuro’uka» («Otangga rioyat qil - bolangdan qaytadi») hadisi uchun quyidagi 

ruboiy keltirilgan: 

Farzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay, 

Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay, 

Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay, 

O‘g‘lidin anga bu ish siroyat

1

 qilg‘ay. 



Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki mis rada ko‘rsatib 

bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek ko‘rinadi, ammo 

endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini o‘radi, deganlaridek, otaga qilingan 

hurmat va ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mut- laqo 

boshqa bo‘ladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili - otasiga yaxshi 

munosabatda bo‘lgan o‘g‘ilning farzandlaridir. 

Yoki insoniy fazilatlar mavzusida boshqa bir to‘rtlik yara- tiladi: 

El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, 

Ahvolida idbor nishoni bil oni, 

1

 



S i r o y a t  - ichiga o‘tish, ta’sir; yuqish. 

Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni, 

Olam elining yamon yamoni bil oni. 

Demak, ko‘pchilik («el») bir fikr bildirar ekan, bu ta- sodifiy bo‘lmaydi. Ular bir 

kishidan o‘zini olib qochsa, o‘sha odam elning yomoni bo‘ladi. Buning sababi esa 

o‘sha kishining fe’l-atvoridir («ahvolida idbor nishoni»). Bunday odamning 

yomonligi faqat o‘zi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni 

«ulus baloyi joni», ya’ni «elning joniga bitgan balo» sifatida ta’riflamoqda. Tugal 

xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam o‘zi- ning yoki o‘zi mansub 

bo‘lgan elninggina emas, balki bu- tun «olam elining yomoni»dir. Shoirning 





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin