Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Asarda o‘sha davr kishilarining haqqoniy, realistik tas- viri berilgan. Bu
narsa Boburning bergan ma’lumotlaridagi ishonchlilikni ta’minlagan.
Asar bilan yaxshi tanishish Bobur xarakterini, undagi fazilatlar
manbalarni aniqlashga imkon beradi.
Bobur o‘z otasi haqida shunday yozadi: «hanafiy maz- habliq, pokiza
e’tiqodliq kishi edi... Ravon savodi bor edi.
«Xamsatayn» va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o‘qub edi. Aksar
«Shohnoma» o‘qur edi. Tab’i nazmi bor edi, vale she’rga parvo qilmas edi.
Adolati bu martaba ediki, Xitoy karvoni keladurganda, Andijonning
sharqiy tarafidag‘i tog‘larning tubida ming o‘yluk korvonni andog‘ qor
bostikim, ikki kishi qutuldi. Xabar topib, muhassillar (xir oj oluvchilar)
yiborib, korvonning jam’i jihoti- ni (hamma yog‘ini, butun atrofini) zabt
qildi... Samarqand va Xurosondin vorislarini tilab kelturub, mollarini solim
(omon, sog‘-salomat) topshurdi.
Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dog‘i saxovaticha bor erdi, xushxulq va
harrof (tez gapiradigan, so‘zamol) va fasih (yo- qimli) va shirin zabon kishi
erdi, shujo‘ (shijoatli) va mardona kishi edi».
Otasidagi bu xislatlarning ko‘pi Boburning o‘zida ham
mujassamlashganini qayd etish joiz.
Bobur ko‘plab hukmdorlar, mamlakat boshliqlari haqidagi tarixiy
faktlarni muhrlab qoldirgan. Amir Temur, Umarshayx, Mirzo Ulug‘bek,
Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar mirzo singari
davlat boshliqlarining siyo- siy-ijtimoiy faoliyatlariga baho berilgan.
Boburning o‘zi har qanday holatda, hatto urush-taloshlar avj olib
turganida ham adolat mezonini qattiq tutgan. Jum- ladan, 909 (1503-1504)-
yillar voqealari bayonida shu holat kuzatiladi. Qunduz shahri atrofida
Xisravshohning askarlari ancha betartiblikka, zulm va zo‘ravonlikka
o‘rgangan edilar. Ular Boburga qo‘shilganidan keyin ham bu odatlarini
tashla- maydi. Bir navkar «birovning bir ko‘za yog‘ini tortib olg‘on uchun
eshikka kelturub tayoqlattim, tayoq ostida o‘q joni chiqdi. El bu siyosattin
tamom bosildilar», - deb ta’kidlaydi Boburning o‘zi.
Asarda o‘simliklar va hayvonot olami haqidagi nodir ma’lumotlar ham
jamlangan, jumladan, adib Afg‘onistondagi Dashti Shayxda o‘ttiz uch
xildagi bir-birini takrorlamaydigan lola turlari haqida gapiradi.
«Boburnoma»da adabiyot va san’at ahli, ilm-ma’rifat kishi- lariga ham
munosib o‘rin berilgan. Unda Abdurahmon Jomiy,
Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Sayfiy Buxoriy, Mir Husayn
Muammoiy, Mullo Muhammad Badaxshiy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad
Solih, Hiloliy, Ahliy, Alisher Navoiy, Binoiy va boshqa so‘z ustalari haqida
maroqli hikoyalar mav- jud.
Hasan Ya’qub haqida gapira turib: «... tab’i nazmi bor edi, devon tartib
qilib edi, vale she’ri bisyor sust va bemaza edi. Andoq she’r aytqondin
aytmog‘on yaxshiroqdur», - deydi.
Kotiblardan Sulton Ali Mashhadiy, musavvirlardan Ka- moliddin Behzod,
Shoh Muzaffar, musiqa ustalaridan Qul Muhammad Udiy, Shayxi Noyiy,
Shohquli G‘ijjakiy va bosh- qalarni faxr va iftixor bilan tilga oladi.
|