tag‘in, yana.
Oqtosh yurtiga qo‘shsam demoqchi.
Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
I y a r t i b
ergashtirib.
L a n q a –
ta’na.
O’rxun-Enasoy yodgorliklari
10 sinf 2017
1.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab,qayerlardan qanday shaklda topilgan?
O‘rxun, Selenga va To‘li daryolari atrofidan Shimoliy Mo‘g‘ulistondan toshga
bitilgan obidalar shaklida topildi.
2.
O‘rxun-Enasoy obidalari yana qanday nom bilan yuritiladi?
«toshbitiklari».
3.
O‘rxun-Enasoy obidalarining eng yiriklari qaysilar? «To‘nyuquq» hamda
«Kul Tegin» yodgorliklaridir.
4.
Yod oling!!! Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va
saqlanayotgan joylar nomini ayting? O‘rxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon
(Sharqiy Turkiston), shuningdek, Mo‘g‘uliston, Germaniya (Berlin, Marburg,
Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon, Urumchi,
Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya
(Stokgolm), O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va (Mo‘g‘uliston)boshqalar.
5.
«To‘nyuquq» bitiktoshi nechta ustunga yozilgan uning hajmi qancha ? 2 ta
Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat.
6.
To’nyuquq bitiktoshini kim qachon va qayerdan topgan? Bu yodgorlikni
Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo‘g‘ulistonda turmush o‘rtog‘i Dmitriy
Klemens bilan birgalikda izlab topgan.
7.
To’nyuquq bitiktoshi qaysi manzildan topilgan? Ulan-Batordan 66 km
janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo‘lgan.
8.
Darslikda berilgan “To’nyuquq” bitiktoshi matni qaysi kitobdan olingan?
M. Is’hoqov, Q. Sodiqov va Q. Omonovning «Mangu bitiglar» (Toshkent, 2009)
nomli kitobidan olingan.
9.
To’nyuquq qayerda voyaga yetadi? Tabg’achda
10.
Tabg’ach qayer? Xitoy
11.
Bitiktoshda tangri so’zi qanday ma’noni anglatadi? «ko‘k tangri», ya’ni
osmon tangrisini anglatadi
12.
Tangi o’l dedi bu qanday ma’noni anglatadi? Qarg’agan.
13.
To’qayda, tog’da, adirda nechta turk qolgan edi? to‘qayda, tog‘-u toshda
qolgani to‘planib, yetti yuz kishi bo‘ldi, uning ikki qismi otliq, bir qismi yayov
edi. Yetti yuz kishini taskil etdi.
14.
Turk xalqini yig’uvchi kim edi? Bilga To’nyuquq
15.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o‘rganilishi qachondan
boshlandi? XVIII asrdan
16.
Ushbu yodgorliklar haqida dastlabki xabarki kim berga? Rus xizmatchisi
Remezov
17.
Yevropa ilm ahliga ilk marta kim taqdim etgan? Shved zobiti Iogann
Strallenberg, olim Messershmidt
18.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab qayerlardan topilgan? O‘rxun, Selenga
va To‘li daryolari atrofidan - Shimoliy Mo‘g‘ulistondan
19.
Turkiy xalqlar bu… o‘z davlatiga ega bo‘lgan eng qadimgi dunyo