Umumiy kriptograf algoritmlar


§2.3 Kriptotahlilda qo‘llanilgan tabiiy algoritmlardan olingan



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə11/20
tarix12.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#120898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
1 (2)

§2.3 Kriptotahlilda qo‘llanilgan tabiiy algoritmlardan olingan
eksperimental ma’lumotlar
Чернышев Ю.О Сергеев А.С., Дубров Е.О., Рязанов А.Н. kabi kriptotahlil olimlarning ilmiy ishlarida blokli kriptotizimlarni kriptotahlil qilish uchun genetik algoritmlaridan foydalanish imkoniyati qayd etilgan, ammo ularning kamchiliklari ham qayd etilgan, xususan, genetik algoritmlar “ko‘r-ko‘rona” qidiruv tuzilamalari hisoblanadi[4][5][6].
Maqolalardagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, agar shifrlangan asl matn yetarli uzunlikdagi va o‘rtacha chastota profiliga ega bo‘lganligi haqiqat bo‘lsa, Vigenere shifrini kriptotahlil qilish uchun genetik algoritmdan foydalanish mumkin. Xuddi shu ishda ta’riflangan genetik algoritmdan foydalanish kriptotahlil jarayonini to‘liq avtomatlashtirishga imkon beradi ammo bu odamning ishtirokini va uning ”qo‘lda“ ishlashini ushbu jarayonda minimallashtiradi. Vigenere shifrining maxsus ishi - Vernam shifridir, unda maxfiy kalitning uzunligi asl matn uzunligi bilan bir xil bo‘ladi. Algoritm muvaffaqiyatli ishlashi uchun shifrlangan matn uzunligi maxfiy kalit uzunligidan yetarli darjada katta bo‘lishi kerak. Aks holda Vernam shifridagi vaziyatda bu shart aniq bajarilmaydi va natijada genetik algoritm maxfiy kalitni topishga imkon bermaydi degan xulosaga kelish mumkin.
Simmetrik kriptoalgoritmlarni kriptotahlil qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan algoritmlarning yana bir sinfi - bu muammoning yechimi bosqichma-bosqich quriladigan evristik usullar: qisman tuzilgan yechimga yangi komponent qo‘shiladi. Bioinspirlangan kriptotahlil usullarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyati bu olingan asosiy yechimning mosligini baholash uchun ob’ektiv funksiya sifatida shifrlash yoki deshifrlash algoritmidan foydalanish qobiliyatidir. Bu, ayniqsa, bloklarni shifrlash algoritmlarining kriptotahlilini amalga oshirishda juda muhimdir, bunda matn bloklarini ko‘p marta qayta ishlashdan foydalaniladi va har bir tsikldagi ma’lumotlar maxfiy kalitdan hosil bo‘lgan yordamchi kalit ishtirokida o‘zgartiriladi.
Чернышев Ю.О., Сергеев А.С., Дубров Е.О.,А.Н.Рязанов larning ilmiy tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, algoritmni amalga oshirishda kriptotahlil masalasida monotonik bo‘lmagan funksiya ekstremumini izlash zarur (umumiy holda maqsad funksiyasining optimal qiymati bilan ro‘yxat tuzish) holat keyingi takrorlashda uning maqbulligini anglatmaydi[8][10]. Bunga bog‘liq holda algoritmning o‘ziga xos xususiyatlari: yetarli darajada katta qidiruv maydoni va lokal maqbullikka tushmaslik uchun operatsiyalardan foydalanish. Kriptotahlil muammosi umuman optimallashtirish muammosi bo‘lgani uchun va uni tartiblangan ro‘yxatlarni shakllantirish muammosi sifatida talqin qilish mumkin bo‘lganligi sababli, asalarichilik oilalarining algoritmi ushbu sinf muammolari uchun oqilona yechimlarni topishning samarali usuli bo‘lishi mumkin.
Ba’zi funksiyalar uchun genetic algoritm va asalari algoritmlarining ishlashini taqqoslash 2006-yilda D. T. Pham, A. Ghanbarzdlarning tadqiq qilingan funksiyalar va global ekstremumni topish natijalari maqolasida keltirilgan[15].


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin