Umumiy mа’lumоtlаr. Yong’in, yonish va portlash haqida malumot


Gazlar va changning yonishi



Yüklə 145,41 Kb.
səhifə3/32
tarix08.11.2023
ölçüsü145,41 Kb.
#131473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
8-mavzu Yonish, yong‘in va portlash haqida umumiy ma’lumotlar. Yong‘inni o‘chirish moddalari va ularning xossalari

Gazlar va changning yonishi. Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash jihatidan xavfli aralashmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli ular portlash jihatidan havfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz-havo aralashmalarining xavflilik


darajasi ularning alanga olish haroratiga va portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi.
Gazlar barqaror yonayotganda harorati 1400°C gacha, portlaganda esa 2000°C gacha ko'tarilishi mumkin. Yonuvchi gazlarning, shuningdek, suyuqlik bug'larning portlashiga qarshi kurash tadbirlarini to'g'ri tashkil qilish uchun ularning havo bo'yicha zichligini bilish zarur, chunki havo bo'yicha zichligi birdan kichik bo'lgan gazlar xonaning yuqori qismida, zichligi birdan katta bo'lgan gazlar esa xonaning pastki qismida, quduqlar, o'ralar, handaqlarda to'planadi.
Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari. Yonug'chi ashyolarning alanga olishiga va yonuvchi aralashmalarning portlashiga sabab bo'luvchi issiqlik manbalari o'zlarining issiqlik jamg'armalari va ularning yuzaga kelish sabablariga ko'ra turli tuman bo'lsa-da ammo ularning barchasi qandaydir energiya yoki kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi yoki ortishi yutilishining natijasidir.
Kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi yoki yutilishi. Ochiq alanga, cho'g'langan yonish mahsulotlari, uchqunlar, issiqlik chiqaradigan kimyoviy reaktsiyalar alanga olish manbai bo'lishi mumkin.
Turli xil gorelkalar, kavsharlash lampalari, elektr yoylari, isitish pechlari, elektr tokida va gaz alangasida payvandlash jarayonlari, chekish uchun yoqilgan gugurt yoki zajigalka ochiq alanga olish manbayi bo'lishi mumkin. Ochiq alanga manbaining va issiqlik energiyasi jamg'armasining harorati deyarli hamma yonuvchi moddalar va har qanday gaz-havo hamda bug'-havo aralashmalarining alanga olishi uchun etarlidir.
Yong’in-mахsus jоydаn bоshqа jоydа yonuvchi, mоddiy zаrаr kеltiruvchi vа nаzоrаt qilib bo’lmаydigаn yonish jаrаyonidir.
Yong’inning оdаm vа hаyvоnlаrgа tа’sir qiluvchi хаvfli vа zаrаrli оmillаri: оchiq yong’in, аtrоf-muhit vа nаrsаlаrning yuqori hаrоrаti, tоksik mоddаlаrni yonishi, tutun, hаvо tаrkibidа kislоrоd kоntsеntrаtsiyasining kаmаyishi, qurilish kоnstruktsiyalаrining qo’lаyotgаn qismlаri; pоrtlаshdаgi to’lqin zаrbi, оtilаyotgаn qismlаr vа zаrаrli mоddаlаr hisоblаnаdi.

Yüklə 145,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin