Umumiy o’rta ta’lim maktabi 2-“ ” -sinf rahbari ning


Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə10/11
tarix02.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#137217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 sinf Sinf soati Tarbiyaviy soat 2022 2023 to`liq hajmdagi eng[1]

Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish.
MMIBDO`: ______________


Sana:
Mavzu: Saylov deganda nimani tushunasiz?
Sinf soati mashgʻulotning maqsadi: Oʻquvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini yg`otish. Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni Oʻquvchilar ongiga yetkazish. Vatanga muhabbat tuyg`usiniarbiyalash, nutqini o`stirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:

Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. S. oʻtkazish tartibi va qoidalari, odatda, qar bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda belgilanadi. S. turli koʻrinishda boʻladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. S. ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun S oʻtkazilishiga qarab yalpi yoki qisman S. boʻlishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; oʻtkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod koʻrsatilsa); toʻgʻri yoki koʻp bosqichli; asosiy yoki qoʻshimcha S. oʻtkazilishi mumkin.

Qonunchilik palatasi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga muvofiq respublikada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2021 yil dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida emas, balki shu yilning 24 oktyabrida bo‘lib o‘tdi.


Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev foiz 80,1% ovoz bilan g‘alaba qozondi. MSK uni prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganligini e’lon qildi.
Shuningdek, XDP nomzodi Maqsuda Vorisova 6,6%, «Milliy tiklanish» nomzodi Alisher Qodirov 5,5%, Ekopartiya nomzodi Narzullo Oblomurodov 4,1% va «Adolat» nomzodi Bahrom Abduhalimov 3,4% ovoz olishdi.

Birinchi Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidentligi uchun avvalgi saylovlar muddatidan oldin 2016 yil 4 dekabrda o‘tkazilgan edi. Ularda respublikadagi mavjud to‘rtta siyosiy partiyalardan nomzodlar ishtirok etgan. Saylovlarda O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev birinchi bosqichda 88,61 foiz natija bilan g‘alaba qozongan.

III.Yakuniy qism:


Aziz o‘quvchi, o‘ylaymizki, o‘zingiz tegishli xulosa chiqarib olasiz.
Dars yakunida o‘quvchilarni rag`batlantiriladi.


Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin