8-bob. Yakuniy qoidalar
23. Metodbirlashmalar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv
ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra maktab direktorining buyrug‘i
bilan
tashkil etiladi va tugatiladi.
24. Metodbirlashma qarorlarini bajarish Metodbirlashmaning har bir a’zosi
uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Metodbirlashma rahbari
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2022-yil 5-dekabrdagi
372-sonli buyrug‘iga
3-ILOVA
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini
takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son
qarorining 11-bandi asosida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish
milliy
markazlari (
keyingi o‘rinlarda milliy markaz
) tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga
ega bo‘lmagan
Dostları ilə paylaş: