Umumiy o’rta ta’lim maktablarida meyoriy-xuquqiy hujjatlarni yuritishning konseptual asoslari Reja: O`zbekiton Respublikasi ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan


Umumta'lim muassasalarining namunaviy ustavi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi



Yüklə 54,27 Kb.
səhifə3/4
tarix10.02.2022
ölçüsü54,27 Kb.
#114318
1   2   3   4
1 mavzu Ma'ruza

Umumta'lim muassasalarining namunaviy ustavi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


Umumta'lim muassasasida ta'lim olish tilini tanlash O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat umumta'lim muassasalarida umumiy o'rta ta'lim olish bepul amalga oshiriladi.

Umumiy o'rta ta'limning vazifalari quyidagilardan iborat:

- o'quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta'minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o'quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;

-o'quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg`unlashtirish asosida yuksak ma'naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o'z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;

-ta'lim-tarbiya jarayoniga o'qitishning zamonaviy va innovacion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikaciya tehnologiyalarini keng joriy etish orqali ta'lim sifatini oshirish;

-o'quvchilarning individual ijobiy hususiyatlarini aniqlash, qo'llabquvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta'lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish;

-mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, o'quvchilar uchun mahsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutahassisliklar bo'yicha kasbiy ta'lim berish.

Umumiy o'rta ta'lim boshlang`ich ta'lim (I - IV sinflar), tayanch o'rta ta'lim (V-IX sinflar) hamda umumiy o'rta (X-XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo'lib, kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi.

Umumta'lim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:

-boshlang`ich maktab (o'qitish muddati 4 yil: I - IV sinflar);

-umumta'lim maktabi (o'qitish muddati 11 yil: I - XI sinflar);

-ayrim fanlarga ihtisoslashtirilgan maktab (o'qitish muddati 7 yil:V - XI sinflar);

-ayrim fanlarga ihtisoslashtirilgan maktab-internat (o'qitish muddati5 yil: VII - XI sinflar);

-futbol bo'yicha ihtisoslashtirilgan maktab-internat (o'qitish muddati 5 yil: V - IX sinflar);

-jismoniy yoki psihik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ihtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat) (o'qitish muddati 10 yil:I - X sinflar);

-sanatoriy turidagi ihtisoslashtirilgan maktab-internat (o'qitish muddati 11 yil: I - XI sinflar);

-alohida sharoitlarda ta'minlash, tarbiyalash va ta'lim berishga muhtoj bolalar uchun ihtisoslashtirilgan maktab (o'qitish muddati zaruriyatga ko'ra);

-ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlari (o'qitish muddati zaruriyatga ko'ra);

-ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab- internatlari (o'qitish muddati zaruriyatga ko'ra).

O'quv yili umumta'lim muassasalarida 2 sentyabrdan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va to'rtta chorakka bo'linadi.

O'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

-o'quv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

-o'quv haftasining davomiyligi - 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko'ra I-IV sinflar uchun 5 kun);

-dars mashg`ulotining davomiyligi - 45 daqiqa;

-dars mashg`ulotlari oralig`idagi tanaffusning davomiyligi - 5 - 10 daqiqa (o'quv -kuni o'rtasidagi tanaffusning davomiyligi - 15 - 30 daqiqa).

Mehnat to'g`risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg`ulotlari o'tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to'g`ri kelib qolgan dars mashg`ulotlarining mavzulari o'quv dasturlarini ihchamlashtirgan holda keyingi dars mashg`ulotlarida o'tkaziladi.



Yüklə 54,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin