Umumiy o’rta ta’lim maktablarida meyoriy-xuquqiy hujjatlarni yuritishning konseptual asoslari Reja: O`zbekiton Respublikasi ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan



Yüklə 54,27 Kb.
səhifə4/4
tarix10.02.2022
ölçüsü54,27 Kb.
#114318
1   2   3   4
1 mavzu Ma'ruza

Umumiy o'rta ta'lim maktabi fan metodbirlashmalari to'g`risidagi Nizom ta'lim muassasidagi fan va yo'nalishlar bo'yicha metodbirlashmalarni tashkil etish va ularning amalga oshiradigan faoliyat mazmunini belgilaydi.



Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ijro intizomini olib borish uchun mas’ul direktor hisoblanib’ u o’z vazifasini aynan birinchi navbatda o’qituvchi-xodimlarning ish vaqtini belgilash qatorida vazifalarni bajarilish uchun ish hajmini belgilab beradi.

Maktab ish faoliyatini tashkil etishda asosiy vazifalar maktab ustavida belgilab qo’yiladi va unda maktabning butun hamma jamoasining bajаrishi lozim bo’lgan vazifalar ko’rsatilgan.

Ish jarayoni esa buyruqlashtirilgan holda olib borilishi ahamiyat kasb etadi. Albatta yana shuni ta’kidlash joiz o’qituvchi-xodimlar adolatli boshqaruvni yaxshi ko’radi. Maktab ishini tashkil etish uchun qonuniy hujjatlar orasida mexnat kodeksiing o’rni diqqatga sazovordir. Ushbu hujjat ish boshqaruvchi va bajaruvchilar o’rtasida munosabatni to’g’irlovchi qonundir.

Umumta’lim maktablarida ijro intizomini olib borishga direktor tomonidan mas’ul vazifalarni yurg’izish uchun buyruq asosida biriktiriladi. Mazkur buyrug’ asosida ta’lim tizimining mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh-gruruh qilib o`qitishni takozo qilgani holda, ta’lim bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar, o`qituvchilarni tayyorlash zaruriyati kelib chiqqan. Shu davrda o`qitishning tashkiliy shakllari paydo bo`la boshladi. Buning natijasida sinf-dars tizimi paydo bo`lgan. Xalq ichida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega kishilar murabbiy, o`qituvchi bo`lib faoliyat ko`rsata boshladilar. O`rta Osiyo tarixiga nazar solar ekanmiz, eramizdan ilgarigi minginchi yillarda Zardushtlik otashxona-ibodatxonalarida yoshlarni to`plab, kohinlar tomonidan ularga bilim berish bilan shug`ullanganliklari «Avesto» va boshqa tarixiy manbalardan bizga ma’lum. Shunga o`xshash bolalarni to`plab oqitish qadimgi Yunonistonda ham olib borilgan. Ammo qadim davrlarda ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan ish olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma-bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.

Ijro intizomi maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari (o`quv dasturi, reja, darslik) asosida belgilanadi. O`qituvchi uchun dars o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, u bu jarayonda:

1) Har bir sinfda o`quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo`lishiga;

2) dars qat’iy jadval bo`yicha belgilangan aniq, muddatda olib borilishiga;

3) dars o`qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o`quvchilar bilan ishlash shaklida olib borilishiga;

4) dars o`quv fanining xarakteri, o`tilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalar yordamida olib borilishiga va uzluksiz ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim berilishiga va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratishiga qattiq, rioya qilishi shart. Shuni unutmaslik kerakki, o`quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlari faqat sinf-dars shaklida olib borilmay, balki amaliy mashgulotlar, tajriba ishlari shaklida ham amalga oshiriladi.


Dars — ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bulishi, bilimlar mustahkam o`zlashtirilishi, o`quvchi-talabaning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan holda tashkil etilishi shart.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qituvchilarni ish faoliyatini tashkil etish birinchi navbatda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari unga ajratilgan dars


Tayyorlangan mazkur ish reja maktablarda fan metodik birlashmalarining raisi tomonidan o’rganib chiqiladi va tasdiqlanadi. Maktabning metod birlashma yig’ilishlari esa ushbu ta’lim muassasasining o’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan metodik kengash tashkil etilishini aloxida axamiyatga molik sanash lozim.
Mustahkamkash uchun savollar.

1.Umumiy o'rta ta'lim maktablarida me'yoriy hujjatlarni yuritish fani nimani o’rgatadi?

2. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g`risida»gi qonunining yangi taхrirdagi qanday o’zgarishlar mavjud?

3. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o'rta ta'lim to'g`risida”gi Nizom nima vazifani bajaradi?

4. Umumta'lim muassasalarining namunaviy ustavi qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?
Yüklə 54,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin