Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə2/6
tarix18.11.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#133062
1   2   3   4   5   6
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
36-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
39-QQ-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 22-mh, 36, 39-QQ-son qaroriga
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasining (bundan buyon matnda logopediya shoxobchasi deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Logopediya shoxobchasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda umumta’lim muassasasi deb yuritiladi) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga to‘sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash, o‘quvchilarning og‘zaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etishda, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishida pedagoglar va o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) yordam ko‘rsatish uchun tashkil etiladi.
2. Logopediya shoxobchasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Logopediya shoxobchalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3. Logopediya shoxobchasining vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga to‘sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish;
murakkab nutq nuqsoniga ega bo‘lgan, jismoniy va psixik rivojlanishida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilar bilan korreksion mashg‘ulotlarni olib borish;
mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning nutq a’zolarini tizimli ravishda kuzatib borish;
o‘quvchining o‘quv dasturlarini ongli ravishda tanlashi va o‘zlashtirishiga ko‘maklashish;
o‘quvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik bilimlarni ta’lim jarayoni ishtirokchilari, o‘qituvchilar va aholi o‘rtasida targ‘ib qilish.

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin