Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə3/6
tarix18.11.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#133062
1   2   3   4   5   6
2-bob. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish
4. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentyabr oyining 3-sanasiga qadar umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga muvofiq ishchi guruh tuziladi.
5. Ishchi guruh kamida 5 nafardan iborat tarkibda quyidagicha tuziladi:
ishchi guruh raisi — umumta’lim muassasasining direktori;
ishchi guruh raisi o‘rinbosari — umumta’lim muassasasining psixologi (umumta’lim muassasasida psixolog bo‘lmaganda boshqa shaxsga yuklatiladi);
ishchi guruh a’zolari — umumta’lim muassasasi biriktirilgan logopediya shoxobchasi mudiri, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va umumta’lim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimi;
ishchi guruh kotibi — boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan biri.
6. Logopediya shoxobchasiga og‘zaki nutq nuqsonlari va tovushlar talaffuzida kamchiliklari aniqlangan, tashxis natijalari quyidagicha bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilinadi:
I va III darajali nutqi to‘liq rivojlanmagan I sinf o‘quvchilari;
tovushlar talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan I — IV sinf o‘quvchilari;
nutq apparati a’zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) bo‘lgan I — IV sinf o‘quvchilari.
7. Nutqiy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy va psixik holatlariga aniqlik kiritish maqsadida ular tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari (nevropatolog, psixonevrolog, otolaringolog va boshqalar) tekshiruviga yuboriladi. Ushbu mutaxassislarning xulosalari logopediya shoxobchasida (o‘quvchining shaxsiy yig‘majildida) saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ishchi guruh tomonidan nuqsonlari aniqlangan o‘quvchilar ro‘yxati umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va sentyabr oyining 15-sanasigacha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim qilinadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
O‘quv yili davomida og‘zaki nutq nuqsoni va tovush talaffuzida kamchiliklari mavjud bo‘lgan o‘quvchilar aniqlanganda, ular ishchi guruh tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda logopediya shoxobchasiga qabul qilinadi.

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin