kompleks sonlarni o‘z ichiga olgan sodda sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi; formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni
bajara oladi;
o‘rganilgan turlardagi tenglamalar va tengsizliklarni hamda ularning sistemalarini aniq va taqribiy yecha oladi;
turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlay oladi, elementar funksiyalar grafiklarini tasvirlay oladi;
murakkab bo‘lmagan vaziyatlarda differensial va integral hisob usullaridan foydalana oladi; o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor
va koordinatalar usullaridan foydalanib amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi, sodda geometrik tasdiqlarni isbotlay oladi;
sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
mulohazalar va predikatlar hisobi, to‘plamlar nazariyasi, kombinatorikaga oid amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi.
B1+
sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi; nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi;
sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha oladi;
kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi.
Kognitiv kompetensiya(shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
A1
ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi; mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.