“Umumiy pedagogika” fanidan
test variantlari.
1.Tarbiya nima?
a) o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan aqliy kamolot, bilim, ko‘nikma va malakalardir
b)tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi bilim, ko‘nikma va malakalarini hosil qilish jarayoni
c)*tarbiyachi shaxsiy fazilatlarni tarbiyalanuvchi ongiga singdirish va ular ruhiyatiga maqsadli ta’sir etish jarayoni
d) tarbiyachi xohlagan sifatlarni bolada paydo qilish jarayonidir
2.Tarbiya turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping:
a) iqtisodiy, jismoniy, madaniy va boshqalar
b) ekologik, iqtisodiy, rag‘batlantiruvchi va boshqalar
c) *ekologik, axloqiy, estetik va boshqalar
d)jismoniy, ruhiy, ekologik va boshqalar
3.Tarbiya metodlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping:
a)*so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmalilik, amaliy na’muna, rag‘batlantirish, jazolash
b) ma’ruza, hikoya, tushuntirish, nazorat qilish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish
c) taqlid qilish, o‘rgatish, tuzatish, o‘zgartirish, tanbeh berish, kitob bilan ishlash
d) mashq va topshiriqlarni mustaqil bajarish, test sinovlariga tayyorlanish, yodlash
Dostları ilə paylaş: |