Tayanch tushunchalar lug‘ati:
Shaxs - konkret kishi, ya'ni, muayyan jamiyatning a'zosi bo‘lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Individ (lotincha “individium”) - bo‘linmas, alohida shaxs, yagona ma'nolarini anglatadi.
Individuallik - tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olish.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Faoliyat - inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o‘ziga xos shakli.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Ijtimoiylashuv –ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi bo‘lib, uzoq davom etadigan murakkab jarayon.
Test topshiriqlari:
Shaxsning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega individual xususiyatlariga berilgan to‘g‘ri ta'rifni belgilang:
A) shaxs rivojlanishidagi umumiylik;
V) shaxs rivojlanishidagi o‘ziga xoslik;
S) tarbiya jarayonini amalga oshirish;
D) o‘quvchilarning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlariga asoslanish;
ye) barcha javoblar to‘g‘ri.
Nima uchun V-VII ba'zi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va intizomi susayadi?
A) sinf rahbari va o‘qituvchilar ularga boshlang‘ich sinfdaginga qaraganda kam e'tibor beradi;
V) o‘quvchilar o‘qishning yangi talablari va sharoitiga o‘rganmagan yoki tayyor emaslar;
S) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rivojlanishida V sinfda o‘qish uchun zarur bo‘lgan masalalarga e'tibor berilmagan;
D) mazkur davrda o‘quvchilarning rivojlanishi ularning yosh xususiyatlariga bog‘lik;
E) barcha javoblar to‘g‘ri.
Adabiyotlar
Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1998.
Pedagogika (A.Munavvarovaning umumiy tahriri ostida). – Toshkent, O‘qituvchi, 1996.
Tursunov I., Nishonaliev U. Pedagogika kursi. –T.: O‘qituvchi, 1997.
g‘oziev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). _T.: O‘qituvchi, 1994.
Shaxs shakllanishi bir kator omillarning mavjudodligiga boglik. Ushbu omillar kuyidagi rasmda aks ettirilgan ( 1 –rasm)
Dostları ilə paylaş: |