Nostandart darslar
XX asrning 70 – yillari oʻrtalarida milliy maktablarda oʻquvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishlari pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion oʻquv mashg‘ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning oʻnlab turlari mavjudligini koʻrsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy oʻyinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi oʻyinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshqalar bor.
Hamkorlikda oʻrganish darslarimilliy ta’lim asosida oʻqitish uchun ishlab chiqilgan. Hamkorlikda oʻrganish muhitida talabalar har xil shakllantirilgan guruhlarda biri – birini qoʻllab – quvvatlaydilar, oʻzi va boshqalarning oʻrganishiga yordamlashadilar.
Hamkorlikda oʻrganish oʻquvchilar uchun har ikkala moslashuvchanlik va qiziqishni rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarga asoslanadi. Hamkorlikda oʻrganish guruh bilan ishlashdagi va mustaqil oʻrganish erkinligidagi ba’zi afzalliklarni shakllantirishni maqsad qilgan. Guruhda jamoa boʻlib ishlash mahoratini oshirish va hakamlar qarori orqali kelishmovchiliklarni toʻgri hal qilish normalarini oʻrnatish jamoaviy oʻqitishning asosidir. Bu turdagi oʻrganish, shuningdek, mustaqil ishlash va guruhga oʻz ta’sirini oʻtkazish ahamiyatini ham ta’minlashi kerak.
Hamkorlikda oʻrganish metodida tashkillashtirilgan mashqlarda jamoa vakillarining birga ishlashiga misol boʻladi (uyga vazifa, topshiriqlar, labaratoriya topshiriqlari va proyektlar). Beshta mezon asosida tashkil qilinadi: oʻzaro ijobiy aloqa, Oʻz–oʻzini baholash, yuzma – yuz muomala, jamoada ishlash mahoratidan toʻg‘ri foydalanish, jamoa tuzilishida doimiy individual hissa. Koʻplab talabalarda toʻg‘ri amalga oshirilgan jamoaviy darslarda ma’lumotni qoʻlga kiritish va saqlash, yuqori saviyada oʻylash mahorati, oʻziga boʻlgan ishonch, aloqa almashish mahorati rivojlanishiga erishadilar.
Dostları ilə paylaş: |