Guruh maqsadlarini diqqat bilan oʻylab chiqishni talab qiladi.
Guruh uchun maxsus topshiriqlar va javob berish uchun savollar tayyor boʻlishi kerak.
Talabalar koʻpincha kichik jamoalarda erkin boʻladilar.
Guruhlar mavzudan chiqib ketishi mumkin.
Sahna koʻrinishi Sahna koʻrinishi bu toʻliq shakllanmagan drama sifatida qabul qilinadi (Dallman Jones, 1994). Bu mashqlarda talabalar mavzu yuzasidan ta’sirlanadigan va ta’sir koʻrsatadigan xarakterlar nuqtayi nazaridan yondashadilar. Vaziyat va xarakterlar oʻqituvchi tomonidan ta’minlanadi, lekin talabalar xarakter turini (yoʻnalishini ) oʻzlari tanlaydilar.
Sahna koʻrinishi mashqlari orqali sinfdan tashqarida oʻzlashtiriladigan mahoratlarni va ilmiy koʻnikmalardan amalda qanday foydalanish kerakligini oʻrganiladi. Bu mashq talabalardan tasavvur qobilyatini va sahnalashtirilayotgan xarakterga mos asosiy bilimlardan va axborot almashish mahoratini talab qiladi
Sahna koʻrinishlaridan foydalanishning sababilari
Sahna koʻrinishi oʻz-oʻzidan qiziq va foydalidir, chunki u real dunyoga urg‘u beradi. Bu ularni hech qanday “toʻg‘ri ” javoblarsiz murakkab muammolarni yechishga undaydi. Aniqrog‘I, sahna koʻrinishi namoyishi talabalarga nafaqat mavzu yuzasidan, balki turli sohalarga oid ma’lumotlarni oʻrganish imkonini yaratadi.
Sahna koʻrinishidan foydalanishni oʻqitish
Oʻqituvchi bu jarayonda matn va talabalar ijro etadigan rollarni tanlashi zarur. Agar talabalar inson rolini ijro etsalar, vaziyat yer yuzining isishi yoki faol boʻlgan vulqonlar bilan bog‘lanadi. Darslar talabalarning koʻnikmalarini rivojlantirish uchun toʻliq tushuntirishlar va nazorat asosida boʻlishi talab qilinadi. Shunga qaramasdan yaxshi tayyorlangan senariy kutilgan natijaga olib kelmasligi, odatda oʻrganadigan narsalariga zid kelishi va kulgini keltirib chiqarishi mumkin