Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə104/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Nazorat uchun savollar
1. Qanday dars tavsiflarini bilasiz? Darsni tashkil etishga qanday didaktik talablarqoʻyiladi?
2. Darsning oʻquv maqsadlari dars jarayonining bosqichlari haqida nimalar bilasiz?
3. Zamonaviy dars tiplari va mezonlari qanday?
4. Nostandart darsning oʻziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
6. Darsda oʻquvchilar faolligini oshirishning asosiy motivlari qaysilar?

AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI
1 – topshiriq. Dars va unga qoʻyiladigan talablarning oʻzlashtirilishiga doir ijodiy testni yechish
1. Kerakli soʻz yoki jumlani topib qoʻying.
... bevosita oʻqituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan oʻquvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
2. Gapni davom ettiring.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi quyidagi oʻziga xos belgilarga ega: ...
3. Gapni tugallang.
Darsga qoʻyiladigan didaktik (yoki ta’limiy) talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etishning eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli shakl, metod va koʻrinishlaridan mos ravishda foydalanish .....
4. Kerakli soʻzni topib qoʻying.
Oʻquv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin boʻlgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qoʻyish, faqat oʻquv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish kabilarning darsga qoʻyiladigan ... talablarni oʻzida aks ettiradi.
5. Gapni davom ettiring.
Darsga qoʻyiladigan rivojlantiruvchi talablarga oʻquvchilarda oʻquv – oʻrganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, oʻquvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini oʻrganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “oʻzib ketish” darajasidagi oʻquv mashg‘ulotlarini tashkil etish ...
2 – topshiriq. Quyida keltirilgan dars turlarining tuzilishi bilan tanishing va yoʻl qoʻyilgan chalkashlikni aniqlang

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin