Umumiy pedagogika


Doimo muomala odobiga rioya qilish



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə108/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Doimo muomala odobiga rioya qilish.

Hozirgi sharoitda zamonaviy oʻqituvchiqator vazifalarni bajaradi. Oʻqituvchi, avvalo, sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. Oʻqituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:
–shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onishmafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, oʻz Vataniga, tabiatga va oilasiga boʻlgan muhabbatni shakllantirishi;
–kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga turli bilimlardan xabardor boʻlishi;
–yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi,tarbiyaviy ish metodikasi,maktab gigiyenasidan oʻz kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;
–oʻz kasbi boʻyicha jahon fanida erishilayotgan soʻnggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor boʻlib borishi;
–ta’lim-tarbiya metodikasidan koʻnikma va malakalarini oshirib borishi;
–oʻz kasbiga ijodiy yondashishi;
–pedagogiktexnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) vapedagogiktaktga ega boʻlishi;
–oʻz bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun oʻqituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. Oʻqituvchi bunda vazifalarni bajaradi:

  • hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim boʻlgan faoliyat oʻquvchilar uchun qiziqarli boʻlishi, oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga toʻg‘ri kelishi lozim;

  • oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik va psixologik jihatdan toʻg‘ri vazifa qoʻyishi, yoʻl yoʻriq koʻrsatishi shart;

  • oʻquvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.

Ijodiy faoliyat olib boruvchi oʻqituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalash, ilg‘or ish tajribalarini oʻrganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik koʻnikma va malakalariga ham ega boʻlishi zarur.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin