Yaxlit obyektning alohida qismlarini oʻrganib, ularning xossalarini tadqiq etish qismli diagnostikaga misol boʻla oladi, biroq u toʻliq tasavvurlar hosil qilmaydi va samarasi kamroq hisoblanadi.
2-daraja: tuzilmaviy diagnostika
Diagnostikaning mazkur darajasida jarayonning tuzilmaviy holati tadqiq etiladi, alohida komponentlar oʻrtasidagi aloqadorlik, ularning bir-biriga bog‘liqlik darajasi oʻrganiladi. Ta’lim jarayonining alohida komponentlari orasidagi aloqadorlikka oid gipotezalar ilgari suriladi. Diagnostikaning bu darajasi amaliyotga tatbiq etishga yaqindir.
Mazkur diagnostika yaxlit pedagogik jarayonni baholash imkonini beradi. Diagnostikaning mazkur darajasi qisman tugallangan boʻlib, unda alohida komponentlar va tuzilmalar orasidagi aloqadorlikning yaxlit surati paydo boʻladi.
Pedagogik diagnostikaning bosqichlari (I.Yu.Gutnig boʻyicha) Pedagogik diagnostikaning predmeti, maqsadi va vazifalarini belgilab olish;