Umumiy pedagogika


Maktab oʻquvchilarida nutq buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi boʻlgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə131/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Maktab oʻquvchilarida nutq buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi boʻlgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilishi boʻlgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida funksional yoki organik chetlanishlar koʻzga tashlanadi. Ular tez charchab qolishi, qattiq ta’sirlanish va jahllari chiqishi bilan ajralib turadilar. Emotsional barqaror emaslar, kayfiyatlari tez oʻzgaradi, jahldor, tajovuzkor boʻladilar. Shuningdek, ularda sustkashlik va lanjlik kuzatiladi. Bunday bolalar tinch oʻtira olmaydi, dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin boʻladi. Juda tez xafa boʻladilar, gapga quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin boʻladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning boʻshligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi.
Logopedik yordam koʻrsatish sog‘liqni saqlash va axolini ijtimoiy ta’minlash tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud boʻlib, bu yerda nutqida buzilishi boʻlgan bolalarga logopedik yordam koʻrsatiladi.
Eshitish qobiliyati buzilgan oʻquvchilarni korreksion oʻqitish. eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari, ularning turlari.
Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli boʻlgan bolalar koʻpchilikni tashkil etadilar. Eshitish – borliqni tovushli hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson (tirik jonzot)ning tovushlarni anglash va farqlash qobiliyati. U eshitish organi yoki tovush analizatori (tovush ta’sirini qabul qiluvchi va ajratuvchi murakkab nerv tizimi) yordamida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyatining buzilishi koʻp hollarda muddatli boʻladi. Masalan, oʻrta quloqning tashkil topishi, shamollash, oltingugurt toʻsiqlarining yuzaga kelishi, tashqi va oʻrta quloqning anomal tuzilishi (quloq suprasining boʻlmasligi yoki etarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yoʻllarining bitib qolishi, quloq pardasidagi nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda,zamonaviy meditsina ularni davolashning samarali metodlariga ega. Ular qatoriga konservativ va operativ metodlarni kiritish lozim. Odatda samarali, ba’zan uzoq vaqt davolash tadbiri olib borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi.
Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og‘rish, zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab boʻlishi mumkin. Qulog‘i og‘irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga koʻra: nasliy, tug‘ma va orttirilgan turlarga ajratiladi. Yoshlikda eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keluvchi sabablar orasida quyidagilar alohida koʻrsatiladi: homiladorlikning birinchi uch oyida onaning virusli kasalliklar bilan kasallanishi (qizamiq, kor, gripp, gepatit viruslari va boshqalar), rivojlanishdagi tug‘ma nuqsonlar (masalan, labi va tanglayidagi yoriq), chala tug‘ilish, kichik vaznli tug‘ilishi (1500 dan kam) hamda yomon tug‘ilish kabilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga homiladorlik davrida onaning spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishi, antibiotiklarni qabul qilishi ham sabab boʻlishi mumkin. Karlikning nasliy oʻtishi holati juda kam kuzatiladi.
Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) Eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi;
2) Eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi;
3)Eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti.
Yuqorida koʻrsatilgan mezonlarga koʻra eshitish qobiliyatining buzilishi qulog‘i og‘irlik va karlik kabi guruhlarga ajratiladi.
Karlikbu eshitish qobiliyatining qattiq yoʻqotilishi boʻlib, bola mustaqil ravishda nutqni egallay olmaydi va qulog‘iga juda yaqin masofadan gapirilganda ham aniq eshitmaydi. Ammo baland tovushlar, yaqin masofadan nutqning ba’zi tovushlarini qabul qilishga imkon beruvchi eshitish qobiliyati saqlanib qoladi.
Qulog‘i og‘irlik – bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi (80 detsibaldan kam) boʻlib, eshitish qobiliyati qoldig‘i yordamida qulog‘i oldida baland ovoz bilan gapirilganda bola nutqni eshita oladi. Bola minimal nutq boyligini mustaqil ravishda egallay oladi.

Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan surdopedagogika shug‘ullanadi. Surdopedagogika (yunoncha «surdus» – kar) – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi korreksion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.

Karlik va qulog‘i og‘irlik (yomon eshituvchilar) nutqni qabul qilish usuli boʻyicha farq qiladilar. Karlar soʻz nutqini koʻrib (suhbatdoshining lablari va yuziga qarab) va eshitib koʻrish (tovushni kuchaytirish apparati yordamida) orqali qabul qiladilar.
Yomon eshitadiganlar atrofdagilar bilan tabiiy munosabatlar jarayonida baland ohangda soʻzlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin