CROCODILE PHYSICS DASTURI Crocodile Physics dasturi fizikaning mexanika, elektr, optika va toʻlqin hodisalari boʻlimlariga oid virtual laboratoriya ishlarini yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi konstruktor hisoblanadi. Bu dasturdan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalarining talabalari foydalanishlari mumkin.
Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonidan 1994-yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala yechishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa boʻladi. Hozirgi kunda dasturdan 35 tadan ortiq rivojlangan davlat ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda.
Crocodile Technology dasturi.Bu dastur oʻrta maktab oʻquvchi va oʻqituvchilari, litsey – kollej talabalari uchun fizika fanining «Elektr» qismini chuqurroq oʻzlashtirishda hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, Crocodile Technology dasturidan elektrotexnika, elektr zanjirlar nazariyasini oʻrganish kurslarida ham foydalanish mumkin. Dastur elektron konstruktor boʻlib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig‘ish jarayonini xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish, elektr kattaliklarni multimetrda (3 oʻlchovli), ampermetr va voltmetrlarda oʻlchash imkoniyatini beradi.
Crocodile Chemistry dasturi. Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleyev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini oʻrganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar roʻy berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatishning iloji yoʻq. Lekin bu dastur orqali kimyoviy moddaning boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin boʻladi. Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni oʻtkazish va eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.
Crocodile ICT dasturi. Crocodile ICT dasturi Yevropa mamlakatlarida informatika fanini oʻqitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqrog‘i algoritmlash boʻlimini oʻquvchiga aniqroq yetkazib berish imkoni mavjud.
“Beginnings of Electronics” dasturi. Dastur elektron konstruktor boʻlib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig‘ish jarayonini imitatsiya qilishga sharoit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan dasturlardan foydalangan holda oʻqitish oʻquvchilarning (talabalarning) fanga qiziqishin oshradi hamda ta’lim sifatining rivojlanishiga olib keladi.