Topshiriqni bajarish tartibi: Mazkur mavzu yuzasidan oʻz nuqtayi nazaringizni bayon eting.
Nuqtayi nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.
Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini oʻzlashtirishga doir muqobilini tanlab olish testi Tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, a) ma’lumot
amaliy koʻnikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularning bilish qobili
yatlarini oʻstirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga yoʻnaltirilgan jarayon.
Muayyan aniq maqsad hamda ijti b) ta’lim
moiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama oʻstirish,
uning ongi, xulq-atvori va dunyoqa-
rashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim-tarbiya natijasida oʻzlash – s) rivojlanish
tirilgan va tizimlashtirilgan bilim,
hosil qilingan koʻnikma va malakalar
hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Hayotiy faoliyat jarayoni va maxsus d) ma’lumot
tarbiyaviy xatti-harakatlar ta’sirida
inson rivojlanishining muhim shakli.
Tarbiyalanuvchining psixikasi va jis – e) shakllanish
moniy taraqqiyotida bosqichma-bosqich va
qonuniy oʻzgarishlarning sodir boʻlishi
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR: “Odam”, “inson”, “shaxs” tushunchalarini qiyosiy oʻrganish hamda shaxs tushunchasining mohiyatini oʻzlashtirish (Falsafa: qomusiy lug‘at. – T.: Sharq, 2004; Karimov I. Noosfera:geosiyosat va mafkura. – T.: Fan, 2007).
Shaxsning “oʻsishi”, “rivojlanishi” va “shakllanishi” masalalarini fanlararobog‘liqlikda tahlil etish. (Davletshin M.G. va boshq. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. – T., 2004; Sodiqov Q., Aripova S.X., Shaxmurova G.A. Yosh fiziologiyasi va gigiyena. – T.:Yangi asr avlodi, 2009; Pedagogika // M.X.Toʻxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. – T.: Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya” , 2008