Toifalash jadvali. Toifa – xususiyat va munosabatlarning muhimligini namoyon qiluvchi alomat. Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Toifa sharxlashni tuzish, olingan ma’lumot lavhalarini birlashtirish imkonini beradigan toifalarni izlashdan iborat. Toifalarni jadval koʻrinishida rasmiylashtiriladi. G‘oyalarni, ma’lumotlarni toifaga mos ravishda boʻladilar. Ish natijalarining taqdimoti.
Klaster. Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya boʻlib, u oʻquvchilarning biron-bir mavzuni chuqur oʻrganishlariga yordam berib, oʻquvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq uzviy bog‘lagan holda ketma-ketlikda tarmoqlashni oʻrgatadi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
1. Xayolga kelgan har qanday fikr bir soʻz bilan ifoda etib ketma-ket yoziladi.
2. Fikrlar tugamaguncha yozishda davom etaverish kerak, Mabodo fikrlar tugab qolsa, u holda yangi fikr kelguncha biron rasm chizib turing.
3. Darsda imkon boricha fikrlarning va oʻzaro bog‘liqlik ketma-ketligini koʻpaytirishga harakat qilinishi lozim [8. – B. 98].
AMALIY MASHG‘ULOT. TA’LIMNING INTERFAOL STRATEGIYALARI VA METODLARI
1-bosqich. Oʻqituvchi talabalarni davomat qiladi. Oʻqituvchi darsning boshlanishida talabalarni xohishi orqali 4 ta guruhlarga ajratadi (3 daqiqa).
2-bosqich: «Ta’limning interfaol strategiyalari va metodlari» mavzularining asosiy tushunchalarini va kalit soʻzlari “Tushunchalar tahlili” va Blits-soʻrov“ metodlari asosida loyihalashtiriladi (10 daqiqa).
3-bosqich: Guruhlarda mavzu topshiriqlari oʻrganiladi (40 daqiqa).
4-bosqich. Mavzuga oid test va keys topshiriqlari bajariladi (27 daqiqa)
1-bosqich. Oʻqituvchi talabalarni davomat qiladi. Oʻqituvchi darsning boshlanishida talabalarni xohishi orqali 4 ta guruhlarga ajratadi.
2-bosqich: «Ta’limning interfaol strategiyalari va metodlari» mavzularining asosiy tushunchalarini va kalit soʻzlari “Tushunchalar tahlili metodi” va Blits-soʻrov” metodlari asosida loyihalashtiriladi.
“Tushunchalar tahlili” metodi
Dostları ilə paylaş: |