tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda oʻquvchilarning shaxsan ishtiroki.
Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv:Tarbiya – har bir insonning yashash jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy koʻnikmasini oʻzgalarga berish jarayoni. Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon boʻlib tarbiyachidan chuqur bilim, malaka va hohish talab qilgani kabi oʻquvchilardan ham ularning itilishlari va ehtiyojlarini talab etadi. Oʻkuvchilar va tarbiyachi qiziqishlarini birlashtirish tarbiyada mualliflik tizimini shakllantirishning yagona yoʻlidir. Bu holda, tarbiya shaxs kamolotini boshqarish jarayoni, uning ijtimoiylashuvi va rivoji uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashqari faoliyat (dam olishni tashkil etish) esa, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yukoriga koʻtarish (birinchi navbatda, tarbiyachinig), uning ijtimoiy faolligini amalga oshirish maydoni sifatida tushunilishi mumkin.