Tarbiyaviy tadbirlarni texnologiyalashtirish Ta’lim muassasalarining tarbiyachilari odatda oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan tarbiyaviy soat, axborot soatlari, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, ota-onalar yig‘ilishlarini tashkil etish va oʻtkazishda ancha qiyinchiliklarga duch keladilar, buning sabablari xilma-xildir; yuqorida sanab oʻtilgan ishlarni hamma vaqt bir xil tartibda, bir xil koʻrinishda boʻlishi yoki rang-baranglikni boʻlmasligi, ularda ijodiylikning pastligi yoki oʻzlarida zarur tashkilotchilik qobiliyatlarning etishmasligi, ish uslubiyotidan etarlicha xabardor emasliklaridan dalolat berishi mumkin. Har bir tarbiyaviy ishning maqsadi kutiladigan natijani berishi tarbiyachilardan juda katta pedagogik va aktyorlik mahoratini, tarbiyaviy ishlar uslubiyotini chuqur bilishlarini, oʻz ustlarida tinmay mehnat qilishlari va boy tajribaga ega boʻlishlarini talab etadi.
Talim muassasalariga oʻtkaziladigan tadbirlarga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar mavjud.
Tarbiyachilar tomonidan oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini foydali, qiziqarli tashkil etishlari boʻyicha faoliyatlarini kuzata turib ular oʻtkazayotgan tarbiyaviy ishlar, tadbirlar, diskoteka, raqs kechalari,ommaviy raqslar, oʻyinlar imkoni va uning xilma-xilligi chegaralanganligini koʻrish mumkin. Bunday tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish vaqtida bazi oʻquvchilar koʻpincha zerikib qoladilar va , shu sababli, bekorchi boʻlib qolib, tadbirlar davomida oʻzlari xohlaganlaricha yuradilar. Bunday holatga tarbiyachilarning eskirgan tadbirlar, oʻyinlar va raqslardan foydalanishlari, ularning bajarishga qoʻyilgan talab va usullarni bilmasliklari,oʻz ustlarida doimiy ravishda ishlamaganliklari, oʻzlarining shu sohadagi bilim va malakalari etarli emasligi, shu munosabat bilan ular tomonidan yangi qiziqarli, quvnoq oʻyinlarni, ijodiy harakatlarni izlamasliklari hamda oʻquvchilarning qiziqishlarini hisobga olmasliklari sabab boʻlishi mumkin.
Oʻquvchilarni darsdan boʻsh vaqtlarini tashkil etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishga qoʻyiladigan oʻziga yarasha umumiy talablar mavjud.
Har fanday tarbiyaviy tadbir tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri - kattalarning raxbarligi va oʻkoʻvchilarning ijodkorlik, xavaskorlikning birligidir. Tarbiyachi va tashkilotchilarning tadbirida ishtiroki turlicha boʻlishi mumkin. Jumladan, kattalar tadbirida kattalar shaxsan ishtirok etmaydilar, oʻzlari xech qanday rol ijro etmasalarda, tadbirni tashkil etishadi va raxbarlik qiladilar; tadbirda qatnashmasalarda, tashabbus guruxi va tashkilotchilar orkali raxbarlik qiladilar yoki xayat azosi sifatida ishtirok etadilar.
Har qanday tarbiyaviy tadbir boshlanishidan oldin, uning maqsadini, mazmunini aniqlab olish zarur va mashg‘ulot maqsadini barcha oʻquvchilar bilishi maqsadga muvofiq. Tashkilotchi – rahbarning vazifasi - vazifalarni , rollarni toʻg‘ri taqsimlashi va uning almashinuvini kuzatishdir. Vazifa va rollarni taqsimlashda oʻquvchilarning hususiyatini hisobga olish lozim. Qaysidir oʻquvchiga berilgan vazifa yoki rol oʻz obroʻsini mustahkamlashga, oʻzini koʻrsatishiga yordam bersa, boshqasiga tengdoshlari bilan yaqinlashishiga, doʻstlashishiga yordam beradi, yana boshqa oʻquvyailarni esa, uyushqoq boʻlishga oʻrgatadi. Tadbir oʻquvchilardan aniq kuchva g‘ayrat talab qiladi. Agar tadbirning borishiga , uning natijasiga oʻquvchilar osongina erishsalar, tadbirga qiziqish yoʻqoladi va oʻquvchilar bunday tadbirlarga ishtirok etmay qoʻyadilar. Tadbirlarni tez-tez almashtirish, xilma –xillashtirib turish kerak va ularning natijalarini oʻquvchilar bilan muhokama qilish lozim. Bunda oʻquvchilarning oʻzaro munosabatiga alohida etibor berilishi maqsadga muvofiq.