Umumiy pedagogika


Oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining vazifalari



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə24/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining vazifalari
Oʻquv haftasi va oʻquv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash; dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning oʻz vaqtida samarali oʻtkazilishini ta’minlash; har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi a’zolariga oʻquv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish; yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish; sinf va guruh jurnallarining toʻg‘ri yuritilish va saqlanishiga javob berish; oʻquvchilarning bilim darajasini DTS asosida tahlil qilib borish; oʻquvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining vazifalari
Ta’lim muassasasida oʻquvchilarning Oʻz–oʻzini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, Ota-onalar bilan aloqani ta’minlash; ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda oʻtkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish; ta’lim muassasasi oʻquvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish; ta’lim muassasasidagi “Yosh yetakchi”ning ishini nazorat qilish va unga yoʻl – yoʻriq koʻrsatish.
Oʻzbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy asoslari
Har bir model oʻsha mamlakatning tabiiy-geografik, iqtisodiy shart-sharoitlari, ishlab chiqarish omillari va resurslari, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, va albatta, mamlakat axolisining mentaliteti, tarixiy va madaniy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, siyosiy tuzum hamda ijtimoiy tarkibidan kelib chiqadi.
Qanday model haqida gap bormasin, asosiy maqsad samarali iqtisodiyotni barpo etish va uning asosida xalq turmush farovonligini oshirishdan iborat. Model yoʻl, yoʻnalish eng avvalo mavjud tabiiy, ishlab chiqirish, nisbiy afzallik (ustunlik) va buyuk aql-zakovatning amaldagi ifodasidir4.
“Oʻzbek modeli” tushunchasining hayotga kirib kelganiga 20 yildan oshdi. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli” asarida oʻzbek modelining mohiyati va shakl shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyot modeli oʻz xalqining tarixiy tajribasi, milliy va madaniy an’analariga asoslanadi5.
Uzluksiz ta’lim tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi PQ-2707-sonli, 2017-yil 14-martdagi «Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi PQ-2829-sonli, 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish toʻg‘risida»gi PQ-2909-sonli, «Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish toʻg‘risida»gi shuningdek, akademik ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan 2017 yil 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi PQ-2789-sonli qarori hamda «Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-sonli farmonlari shular jumlasidandir.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin