Umumiy pedagogika


Mavzuning qisqacha mazmuni



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə30/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Mavzuning qisqacha mazmuni: mavzuda tarbiya nazariyasi oʻrganadigan obyekt – tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati, oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻz yuritiladi.Shuningdek, tarbiyaning jamiyat va inson hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati, uning asosiy tamoyillari, turlari, metodlari hamda vositalari toʻg‘risida tahliliy ma’lumotlar berilgan. Ma’ruzada bolani shaxs sifatida oʻzini–oʻzi tarbiyalashini tashkil etish masalalari ham oʻz aksini topgan.
Tarbiya nazariyasi nimani oʻrganadi?
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi boʻlib, tarbiya jarayonining mazmunini, oʻziga xos xususiyatlarini va uni tashkil etishning nazariy muammolarini oʻrganadi.
Tarbiya nazariyasi quyidagi muammolarni tadqiq qiladi:
a) shaxsning shakllanish jarayonida tarbiyaning mohiyatini ochib berish;
b) tarbiyaviy ishning mazmunini aniqlash;
v) tarbiya metodlarini ishlab chiqish;
g) bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy ish tizimini shakllantirish.6
Pedagogika fanidagi singari, tarbiya nazariyasida ham ilgaridan mavjud boʻlgan eski qarashlar va yangidan paydo boʻlayotgan qarashlar oʻrtasida qarshiliklar mavjudligi koʻzatiladi. Jamiyat hayoti, turmush sharoitlari va shaxslararo munosabatlar yangi mazmun kasb etishi bilan tarbiya mazmuni va metodlari, unga boʻlgan munosabat ham oʻzgarib boradi. Zero, jamiyatdagi oʻzgarishlar tarbiyachi va tarbiyalanuvchining ham shaxsiy sifatlariga oʻzining ta’sirini koʻrsatmay qolmaydi.
Oʻzbekistonda yoshlar tarbiyasining asosiy masalasi xususida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevningquyidagi fikrlari e’tiborga molik: “...mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga, bu yoʻlda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir boʻlgan, azmu shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish – biz uchun eng muhim masaladir”7.
Tarbiya nazariyasining asosiy tamoyillari va qoidalarini asoslashda falsafa, psixologiya, dinshunoslik, tarix, etika, estetika, sotsiologiya fanlarining yutuqlaridan foydalaniladi. Tarbiya nazariyasi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ilmiy merosi, xalq pedagogikasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyib, rivojlanib boradi.
Tarbiyaga oid nazariy qarashlar va g‘oyalar tarbiya amaliyotiga oʻzining bevosita ta’sirini koʻrsatadi. Avtoritar (kuch bilan boʻysundirishga asoslangan) tarbiya nazariyasi tarixida eng keng tarqalgan yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Avtoritar tarbiyaga qadimgi Spartada mavjud boʻlgan tarbiya amaliyoti yorqin misol boʻla oladi: Xususan, chaqaloq dunyoga kelishi bilanoq, jismoniy holatidan kelib chiqib, unga nisbatan yashash yoki hayotidan mahrum boʻlish yuzasidan qabila oqsoqollari tomonidan tegishli qaror qabulqilingan. Ota-onalar ixtiyoriga qaytarilgan sog‘lom chaqaloq yetti yoshga toʻlganidan soʻng yana qabila yetakchilari ixtiyoriga topshirilib, yetuk jangchi boʻlib yetishguniga qadar oʻta og‘ir sinovlar vositasida tarbiyalangan.
Nemis pedagogi Fridrix Gerbart (1776-1841) avtoritar tarbiyani ilmiy asoslashga, bolalarni boshqarishning yangi nazariyasini yaratishga urinadi. Uning fikriga koʻra, boshqaruv bolaning xulq-atvorini belgilaydi, tashqi tartibni ushlab turishga xizmat qiladi. Bolalarni jazo choralari vositasida qoʻrqitish, taqiqlar joriy etish, masalan, tushlikdan mahrum qilish, qamab qoʻyishni Gerbart boshqaruv usullari deb hisoblaydi.
Fransuz ma’rifatparvari Jan Jak Russo (1712-1778) erkin tarbiya nazariyasini ilgari suradi. Russo va uning tarafdorlari bola shaxsini hurmat qilish, tarbiya jarayonida tabiiy rivojlanishini rag‘batlantirishga chaqiradi. Keyinchalik ular bola tarbiyasini uning oʻziga qoʻyib berish g‘oyasini targ‘ib qila boshlashdi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin