Dunyoqarash – insonning tevarak-atrofini qurshab turgan voqelik toʻg‘risidagi, olam haqidagi turli qarashlarining majmui, shaxsning barcha bilimlar tizimi. Shu ma’noda dunyoqarash turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, individual dunyoqarash, ijtimoiy dunyoqarash, milliy dunyoqarash, umummadaniy dunyoqarash.
Hozirgi kunda biz e’tibor berishimiz kerak boʻlgan va kundan-kunga bir qancha munozaralarga sabab boʻlayotgan mavzu bu – umummadaniy dunyoqarash va uni boʻlajak pedagoglarda shakllantirishning mexanizmlaridir. Umummadaniy dunyoqarash pedagogika sohasida oʻzining ahamiyatiga ega tushuncha.Chunki aynan umummadaniy dunyoqarash pedagogik mahorat, pedagogik malakani tashkil etuvchi muhim komponentlardan hisoblanadi. Zero taraqqiyot asrida yashar ekan, har bir pedagog faqat oʻz kasbining ustasi boʻlib xalqining buyuk madaniy merosi haqida bilishi qatorida oʻzga millatlar madaniyati, tili, dini, san’ati, moddiy va ma’naviy meros haqida ham tushunchaga ega boʻlishi va ularga nisbatan hurmat bilan qarashi umummadaniy dunyoqarashning asosiy komponentlarini tashkil etadi.
AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI ASSESMENT topshirig‘i 1 – assesment
TEST Globallashuv jarayoni nima? A. Mintaqalararo muloqot.
V. Globallashuv – bu turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar oʻrtasidagi oʻzaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir
S. Globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qoʻshimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini oʻzlashtirishdan iborat
D. Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
Muammoli vaziyat: Odam qanday qilib egotsentrist boʻlib qoladi?.Qanday qilib ota-ona oʻzlari tuqqan bolasini yeru jahonga ishonmay bu dunyoning markaziga aylantirib oladilar. Bolaga buni (dunyoning marka zi boʻlishni) oʻrgatishadi. Bola nima qilsin? Oʻrganadi. Bunday Ota-onalar tarbiyasida: "Faqat mening bolamga yaxshi boʻlishi kerak. Bolam baxtli boʻlishi kerak" degan tamoyilga amal qiladilar va ... qattiq adashadilar. Bolasining istagan. hatto istamagan, soʻramagan narsalarni ham uyub tashlashadi.Natijada bola egoist boʻlib etishadi..... Egotsentrizmning salbiy oqibatlarini izohlang.