Guruhlarga topshiriqlar:
1–guruh. Globallashuv jarayoni haqida tushuncha beradi.
2–guruh. “Koʻk kit” va “Tinch uy” oʻyinlarining bolalar va oʻsmirlar tarbiyasiga salbiy ta’sirini izohlaydilar.
3–guruh. Diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi haqida ma’lumot beradilar.
4–guruh: Missionerlik va uning salbiy oqibatlarini ta’riflaydilar.
Guruhlarning chiqishlari (har guruhga 5 minu)
1 – bosqich. Guruh ishlarining muhokamasi va xulosalari (10 minut)
2 –bosqich: Guruhlar mavzuni yoritib berish uchun keys texnologiyasidan foydalanadilar.
Mustaqil ta’lim mavzulari:
1. Ta’lim va tarbiya jarayonida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
2.Ta’lim va tarbiya jarayonida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish.
3. Bilim – ilmiy dunyoqarashning asosi.
4. Dunyoqarash mohiyati va uning turlari.
5.Oʻquvchilar dunyoqarashida yangicha fikrlashni shakllantirish zaruriyati.
6. Dunyoqarash va umummadaniy dunyoqarashning tamoyillari.
7. Dunyoqarashni shakllantirishda madaniyat mezonlari va umummadaniy dunyoqarashning omillari.
8. Axborot texnologiyalari – umummadaniy dunyoqarashinishakllantirishning samarali vositasi sifatida.
5-mavzu: Didaktika-ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Taʻlim tamoyillari va qoidalari.
Reja:
1. Didaktika – ta’lim nazariyasi, predmeti va vazifalari
2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari
3. Pedagogik jarayon tizimining xususiyatlari
4. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining didaktik g‘oyalari
5. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari
Tayanch tushunchalar:didaktika, ta’lim nazariyasi, didaktikaning obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik jarayon, didaktik kategoriyalar, tizim, g‘oyalar, bilim, koʻnikma va malaka.
Mavzuning qisqacha bayoni:didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha “didaktikos” – “oʻrgatuvchi”, “didasko” – “oʻrganuvchi”) – ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, oʻquvchi – oʻqituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yoʻllari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Dostları ilə paylaş: |