Umumiy pedagogika


Ta’limning puxta va tizimli oʻzlashtirib olish tamoyili



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə75/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

6. Ta’limning puxta va tizimli oʻzlashtirib olish tamoyili. Ta’lim jarayonida oʻquvchi-talabalar bilimlarni mustahkam yodda saqlab qolishini ta’minlash zaruriy talablardan biridir. Oʻquv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, dars jarayonida bayon qilinayotgan oʻquv materiallarni tizimli va ongli oʻzlashtirishga bog‘liq. Avvalgi mashg‘ulotlarda hosil qilingan bilim, koʻnikma va malakalarini ancha murakkabroq materiallarni oʻzlashtirib olish uchun pillapoya, zamin boʻlib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilimlar zaxiraning yetarli boʻlmasligi keyingi oʻrganiladigan yangi bilimlarni ham zaif boʻlishga olib keladi. Ya’ni oʻzlashtirgan, mustahkamlangan bilimlar esa yangi mavzularni oʻrganish va mustahkamlashga asos boʻlib xizmat qiladi. Bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida ularning puxta anglab olinganligini tekshirish ba’zi tushunmovchiliklarni yoʻqotish, mustahkamlashga e’tiborni qaratish didaktikning asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim jarayonida takrorlashni uyushtirish bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Takrorlashning ahamiyati shundaki, u faqat oldindan oʻzlashtirilgan oʻquv materialinigina esga tushirmaydi, balki shu oʻquv materialiga bog‘liq boʻlgan yangi – yangi ma’lumotlarni ham, oʻzlashtirilgan bilimlarning noaniq boʻlib qolgan tomonlarini oydinlashtiradi va toʻldiradi. Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni uzluksiz va ma’lum tizim asosida olib borilishi ta’lim samarasini oshiradi. Bilimlarni doimiy ravishda tekshirish, takrorlash, tizimli va uzluksiz ravishda toʻldirib borish muhim didaktik talabdir.
7. Ta’limning individuallashtirish oʻquvchi-talabalarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Har bir oʻquvchi-talabaning oʻziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori mavjud. Har bir oʻquvchi-talabaning oʻziga xos boʻlgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar oʻquv jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar, har qancha unumli metodlardan foydalansa ham oʻquv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabaning umumiy rivojini ta’minlash. Lekin oʻquvchi-talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Oʻquvchi-talabalarning real oʻquv imkoniyatlari, rivojlanish jihatlarini oʻrganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir. Busiz oʻquv jarayonini muqobillashtirish, boyitish aqlga sig‘maydi. Albatta, shaxsiy xususiyatlar juda xilma – xil, ularni oʻrganish ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida oʻquvchi-talabaning kuchli va ojiz tomonlarini uning bilish jarayonlaridan aniqlash mumkin. Oʻquvchi-talaba shaxsining muammolari va qiyinchiliklarni tahlil qilish hamda shu muammolar sababini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarni rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, oʻzlashtirishi bir oz pastroq boʻlgan oʻquvchi-talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog oʻzi uchun ularning yangi qirralarini kashf etishi mumkin. Keyingi davrlarda “differensiyalashgan ta’lim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilar hisobga olingan holda talabalarni guruhlarga ajratishni taqozo etadi va u uchun alohida dasturlar, qoʻllaniladigan metodlar asosida oʻquvchi-talabalarning shaxsi tanlanadi.
Ma’lum guruh uchun belgilangan oʻquv dasturi, mazmuni va hajmi oʻquvchi-talabalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlishi lozim. Oʻrganilayotgan bilimlar hosil qilinayotgan malaka va koʻnikmalar oʻquvchi-talabalarni haddan ziyod toliqtirib qoʻymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda, oʻquv jarayonida oʻquvchi-talabalarning sog‘ligi, psixik holatiga salbiy ta’sir etishi oldini olish lozim. Buning uchun har bir oʻquvchi-talabaning xususiyatlarini chuqurroq oʻrganib imkoniyatlar darajasida belgilab olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch – quvvatiga mos boʻlishga erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish” ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi boʻla olmaydi. Demak, har bir yosh davrida oʻquvchi-talabalarning imkoniyatlarini oʻrganish va mos ravishda ta’limni tashkil etish zarur. Oʻrganiladigan bilimlar hajmini belgilashda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda muhim boʻlib, bu yoʻnalishda ham tegishli ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda “Kadrlartayyorlash milliy dasturi” asosda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilangan. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning iijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yoʻnalishi, ta’lim va tarbiyaning uzviyligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Demak, uzluksiz ta’limni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillar bilan uzviy bog‘liq boʻlib, ana shu didaktik tamoyillarni yanada mukammallashuviga xizmat qiladi. Bugungi kunda pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktikada oʻquv jarayoni qonunlarini yanada chuqurroq oʻrganish hamda ta’lim samaradorligini oshirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib borishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin