Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə89/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

TA’LIM VOSITALARI
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qoʻllaniladi. Didaktik vositalar deganda, oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni oʻzlashtirish uchun oʻqituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan obyekt.
Ta’lim vositalari oʻzida oʻquv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur boʻlgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq, agar metodlar «qanday oʻqitish?» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani oʻqitish?» savoliga javob beradi.
TA’LIM VOSITALARI TASNIFI

Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona boʻlishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qoʻllanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmasligidir. Oʻqituvchining vazifasi dars jarayonini faollashtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olish sanaladi.


Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga koʻra yondashish mumkin:

Faoliyat subyektiga koʻra;



Faoliyat obyektiga koʻra;



Oʻquv axborotiga munosabatiga koʻra;



Oʻquv jarayonidagi vazifasiga koʻra.





Faoliyat subyekti boʻyicha ta’lim vositalari tasnifi
Faoliyat subyekti boʻyicha ta’lim vositalari oʻrgatish va oʻrganishga boʻlinadi.
1. Oʻqitish vositalari. Masalan, namoyishli – tajriba qurollari. Bunday qurollar oʻqituvchi tomonidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qoʻllaniladi.
2. Oʻrganish vositalari. Masalan, laboratoriya – praktikum qurollari. Bunday vositalar talabalar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qoʻllaniladi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin