Umumiy pedagogika


Standart kompetensiya – Bular



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə112/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Standart kompetensiya – Bular:

  • ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajarish qobiliyati.

  • Asosiy kompetensiya – ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni bajarish qobiliyati.

  • Yetakchi kompetensiya – kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati

Pedagog kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni
Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– pedagogning ish sohasi boʻyicha kompetentligi uzluksiz ta’lim tizimini oʻz ichiga oladi;
– ixtisoslik boʻyicha kompetentligi – oʻqituvchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, kasb ta’limi oʻqituvchisi, ishlab chiqarish ustasi;
– pedagogning faoliyati yoʻnalgan obyekt boʻyicha kompetentligi– oʻquvchilar, Ota-onalar, sinf jamoasi, sotsium va boshqalar;
– pedagogning faoliyati turi boʻyicha kompetentligi motivatsion, gnostik, metodologik, metodik, informatsion, kommunikativ, refleksiv, prognostik, konstruktiv, tadqiqot, texnologik, korreksion va shu kabilar.
Psixolog olimlar “muhim kompetensiya”larni shaxsning turli kasbiy uyushmalarda moslashish va samarali faoliyat koʻrsatish uchun ma’lum ishlarni bajarishda zarur boʻladigan umumkasbiy bilim, koʻnikma va malakalar, shaxsiy sifatlar va qobiliyatlar sifatida ta’riflaydi. Ular toʻrt kichik guruhni alohida koʻsatib oʻtadi: kasbiy yoʻnalganlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy ahamiyatga ega sifatlar va psixofiziologik xususiyatlar.
Jahon ta’lim amaliyotida quyidagi muhim kompetensiyalar keltirib oʻtiladi:
– turli axborot manbalari, shu jumladan, ta’lim muassasasidan tashqaridagi axborot manbalaridan bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishga asoslangan bilish faoliyati sohasidagi kompetensiyalar;
– ijtimoiy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (fuqaro, saylovchi, ijtimoiy guruh, jamoa a’zosi rolini bajarish);
– mehnat faoliyati sohasidagi kompetensiyalar (mehnat bozoridagi holatni tahlil etish va undan foydalanish, oʻzining kasbiy imkoniyatlarini, oʻzini oʻzi uyushtirish koʻnikmalarini baholash va takomillashtirish);
– maishiy sohadagi kompetensiyalar (oilaviy hayot aspektlarini, salomatlikni saqlash va mustahkamlashni ham qamrab oladi);
– madaniy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (shaxsning ma’naviy va madaniy jihatdan boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish).

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin