Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə13/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

MA'LUMOT – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan koʻnikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
MAHORAT – turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta’limning mutlaq maqsadidir. Mahorat murakkab ishni tez, aniq, sifatli bajarishning barqaror darajasidir.
SHAXS – jamiyat a’zosi sifatida oʻz oʻzini anglash va tafakkur faoliyatining obyektivligi, muloqotda biologik, ijtimoiy muhit hamda maqsadli tarbiya natijasida shakllanadi.
PEDAGOGIK MUHIT – ta’lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo munosabatlar majmuasi.
IJTIMOIY MUHIT – kishi shaxsini shakillantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmuasi. Ijtimoiy tafakkur turmush tarsi, shaxslararo va guruhlararo hamda millat va xalqaro munosabatlarning oʻzaro muvofiq kelishi va bir-birini boyitishi.
FAOLIYAT – biror shaxsiy, guruhiy, milliy yoki umuminsoniy ehtiyojlarga javob beruvchi maqsad sari yoʻnaltirilgan harakat.
IJTIMOIY TARAQQIYOT – tashqi va ichki, boshqariladigan va boshqarilmaydigan omillar bilan kishiga ijobiy ta’sir etish, yani shaxsning shakllanish jarayoni. Shaxsning ijtimoiy taraqqiyotida maqsadga yoʻnaltirilgan ta’lim-tarbiya yetakchi oʻrinni egallaydi.
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining milliy pedagogika fanida tarbiya inson muammolari, ajdodlarimiz g‘oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb hisoblanadi:
– tarbiya inson faoliyati jarayonida tartibli ta’sir etuvchi mahsul boʻlib, natijasini insonninig yashab turgan ijtimoiy sharoiti belgilaydi;
– inson kamolotini xarakterlovchi kuch oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni mavjudligi uning shaxsiy hayotida namoyon boʻladi;
– inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va hodisalarga qiziqishini uyg‘otish va uni e'tiqodga aylantirish;
– tarbiya jarayoni yoshlarning kattalar bilan, kattalarning yoshlar bilan qonuniy munosabati natijasida amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya bir biriga uzviy bog‘langan jarayon boʻlganligi sababli aqliy kamolotiga tartibli ta'sir koʻrsatish orqali inson bilimli, barkamol boʻlib voyaga yetadi. Ta’lim inson aqliy kamolotini yuzaga chiqaruvchi pedagogika – tarbiyashunoslikning bir qismidir. Pedagogikaning didaktika qismi uni atroflicha oʻrganadi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin